O‘zbekiston xalq shoiri Sharifa Salimova vafot etdi
E’lon qilingan sana: · 433

O‘zbekiston xalq shoiri Sharifa Salimova 75 yoshida vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi xabar berdi.
Sharifa Salimova 1951-yilda Toshkent viloyatining Parkent tumanida tug‘ilgan. U uzoq yillar jurnalistika va adabiyot sohasida faoliyat yuritgan, shuningdek, Prezident devoni va Oliy Majlisda ishlagan.
Shoira “Qaddingni tik tut, Ayol”, “Vatan”, “Davlatli sultonim mening” kabi mashhur qo‘shiqlar matni muallifi sifatida ham tanilgan.
U 1994-yilda “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi” unvoniga, 2018-yilda esa “Mehnat shuhrati” ordeniga sazovor bo‘lgan.