Krishtianu Ronaldu va Jorjina Rodriges turmush qurdi
E’lon qilingan sana: · 688

Portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu ispaniyalik model Jorjina Rodrigesga uylandi. Bu haqda juftlik Instagram’dagi sahifalarida ma’lum qildi. Ular nikoh uzuklari taqilgan suratni e’lon qildi.
Juftlik 2016-yildan beri munosabatda. Shu vaqt davomida ularning ikki qizi dunyoga kelgan.
Ronaldu avvalroq to‘y Jahon chempionatidan keyin bo‘lib o‘tishini aytgandi. Biroq futbolchi marosimning aniq sanasi va joyini ma’lum qilmagan.
Avvalroq tabloidlar to‘y 8-avgust kuni Madeyradagi Funshal soborida bo‘lib o‘tishi haqida yozgan edi. Natijada Ronaldu to‘yini ko‘rish uchun u yerga yig‘ilgan qariyb 2 ming kishi boshqa juftlikning nikoh marosimiga guvoh bo‘lgan.