“Uyda yolg‘iz” filmi yulduzi Tim Karri 80 yoshida vafot etdi

E’lon qilingan sana· 163
“Uyda yolg‘iz” filmi yulduzi Tim Karri 80 yoshida vafot etdi

O‘zbek tomoshaniga “Uyda yolg‘iz” filmi bilan tanilgan aktyor Tim Karri 26-avgust kuni 80 yoshida vafot etdi. Bu haqda Variety xabar berdi.

Kerri “Rocky Horror Picture Show” filmidagi doktor Frenk N. Fyurter roli bilan mashhur bo‘lgan. Dastlab prokatda muvaffaqiyat qozonmagan kartina keyinchalik kult filmga aylandi va aktyorning eng mashhur ishlaridan biri bo‘lib qoldi.

Faoliyati davomida Kerri “Amadeus”, “Penzans qaroqchilari”, “Spamalot”, “Anni”, “Legend”, “Uyda yolg‘iz 2”, “Muppet Treasure Island” kabi filmlar, seriallar va teatr loyihalarida ishtirok etgan.

U “Piter Pen va qaroqchilar” multserialidagi Kapitan Huk ovozi uchun “Daytime Emmy” mukofotiga sazovor bo‘lgan, Stiven King asari asosidagi “U” ekranizatsiyasida esa masxaraboz Pennivayz rolini ijro etgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling