O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Yodgora Ziyomuhamedova 74 yoshida vafot etdi

E’lon qilingan sana: · 175
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Yodgora Ziyomuhamedova 74 yoshida vafot etdi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, teatr va kino san’atining taniqli vakili, aktrisa Yodgora Ziyomuhamedova 74 yoshida vafot etdi.

Aktrisa 34 yildan ziyod O‘zbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatrida faoliyat yuritib, sahnada 100 ga yaqin obraz yaratgan. U “Qizil shapkacha"da Qizil shapka, “Zumrad va Qimmat"da Qimmat, “Farzandim jigarbandim"da Sanobar, “Sening taqdiring"da Nazira kabi rollari bilan tomoshabinlar mehrini qozongan.

Yodgora Ziyomuhamedova televideniye va kino sohasida ham ijod qilgan. U bolalar sevib tomosha qilgan “Oqshom ertaklari” ko‘rsatuvini 25 yil davomida olib borgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling