“Mashaqqatlar sari” seriali yulduzi RJ Mitte vafot etdi
E’lon qilingan sana: · 148

Amerikalik aktyor RJ Mitte 35 yoshida vafot etdi. Bu haqda Deadline xabar berdi.
Aktyorning o‘limiga nima sabab bo‘lgani hozircha rasman oshkor etilmagan. TMZ ma’lumotlariga ko‘ra, Mitti o‘z joniga qasd qilgan.
1992-yilda tug‘ilgan aktyorda bolalar serebral falaji bo‘lgan. Unga eng katta mashhurlikni “Mashaqqatlar sari” (Breaking Bad) serialidagi kichik Uolter Uayt roli olib kelgan.
Mitti, shuningdek, “Do‘stlik uchun stendap”, “Eman xonasi” bari filmlari, “Endi esa — apokalipsis” seriali va boshqa loyihalarda suratga tushgan.