"Dyuna 3" filmidagi roli uchun Zendaya nomzodi "Oskar" mukofotiga qoʻyiladi

E’lon qilingan sana: · 167
"Dyuna 3" filmidagi roli uchun Zendaya nomzodi "Oskar" mukofotiga qoʻyiladi

Zendaya “Dyuna 3” filmidagi Chani roli uchun “Eng yaxshi aktrisa” nominatsiyasida Oskar mukofoti uchun nomzodi qoʻyiladi. Bu haqda Variety bir nechta manbalarga tayanib, xabar berdi.

Chanining hikoyadagi roli uchinchi qismda yaqqolroq namoyon bo‘ladi. Film voqealari Pol Atreides (Timoti Shalame) imperiyada hokimiyatni qo‘lga kiritganidan deyarli 20 yil o‘tgach sodir bo‘ladi. Endi Pol o‘z hukmronligining oqibatlari bilan to‘qnashishi kerak bo‘lgan shafqatsiz imperatordir. Yangi tahdidlar, fitnalar va yaqinlashib kelayotgan qo‘zg‘olon fonida Chani muhim sirning markazida qoladi.

Zendeya va Shalamedan tashqari filmda Jeyson Momoa, Florens Pyu, Rebekka Fergyuson, Anya Teylor Joy, Robert Pattinson, Xavyer Bardem, Josh Brolin, Sharlotta Rempling va Isaak de Bankole rol o‘ynaydi. “Warner Bros.” va aktrisa vakillari uning “Oskar” kampaniyasi haqidagi ma’lumotlarga izoh berishdan bosh tortgan.

Qayd etilishicha, Zendeya uchun bu yildagi mukofotlar mavsumi samarali oʻtishi mumkin. “Eng yaxshi ayol roli” uchun u “The Drama!” romantik komediyasi uchun ham targ‘ib qilinadi. Shuningdek, Kristofer Nolanning “Odisseya” filmidagi Afina roli uchun aktrisa, “Ikkinchi plandagi eng yaxshi ayol roli” nominatsiyasida mukofotga da’vogarlik qiladi.

Zendaya avvalroq HBO telekanalining “Eyforiya” serialidagi Ru roli uchun ikkita “Emmi” va “Oltin globus” mukofotini qo‘lga kiritgan. 2025-yilda u Luka Guadaninyo tomonidan suratga olingan “Challengers” filmi uchun bosh rol ijrochisi va film prodyuseri sifatida ikkita “Oltin globus” mukofotiga nomzod bo‘lgandi. “Oskar” nominatsiyasi aktrisa uchun faoliyatidagi birinchi bo‘lishi mumkin.

“Dyuna 3” filmi 18-dekabr kuni jahon kinoteatrlarda premyera qilinadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling