"X odamlar" filmlari yulduzi aktyor Patrik Styuart vafot etdi

E’lon qilingan sana: · 129
"X odamlar" filmlari yulduzi aktyor Patrik Styuart vafot etdi

“X odamlar” filmlari va “Star Trek” seriali bilan tanilgan ingliz aktyori Patrik Styuart vafot etdi. Bu haqda The Hollywood Reporter xabar berdi.

Patrik Styuart 86 yoshda edi. U 28-oktyabr kuni Los-Anjelesdagi uyida Altsgeymer kasalligi va Levi tanachalari demensiyasi bilan kurashdan so‘ng vafot etdi, dedi san’atkorning matbuot kotibi Kelli Bush Novak.

Ma’lumot uchun, Patrik Styuart 1940-yil 13-iyulda Mirfildda tug‘ilgan. U bolaligidayoq Shekspir ijodi va dramaga qiziqqan. Bo‘lajak aktyor 15 yoshida maktabni tashlab, mahalliy teatrda rol oʻynashni boshlagan.

Keyinchalik Styuart Bristoldagi Old Vik teatr maktabiga qabul qilingan. 1959-yilda aktyor birinchi marta professional sahnaga chiqqan. 70-yillarning boshlarida Styuart amerikalik talabalarga Shekspirni o‘rganishda yordam berishi uchun AQShga taklif qilinadi. Ko‘p o‘tmay aktyor Brodveyda debyut qiladi. 1987-yilda Styuart Gollivudga keladi “Star Trek” serialida kapitan Pikar rolini o‘ynadi. Loyiha omadli chiqadi va 1994-yilgacha davom etadi.

90-yillarning oxirida Styuart “X odamlar” filmidagi professor Charlz Ksavyer roliga taklif qilinadi. Aktyor franshizaning yetti filmida rol o‘ynaydi.

Shuningdek, Styuart 1998-yilda “Moby-Dik” va 2003-yilda “The Lion in Winter” filmidagi rollari uchun Emmi va “Oltin globus” mukofotlariga nomzod bo‘lgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling