Anons

O'smirlar uchun "O'rganishni o'rganamiz: neyrotarmoqlar va sun'iy intellekt" nomli trening

E’lon qilingan sana· 102
O'smirlar uchun "O'rganishni o'rganamiz: neyrotarmoqlar va sun'iy intellekt" nomli trening

Qo’llab kovorking markazida o’smirlar uchun «O'rganishni o’rganamiz: neyrotarmoqlar va sun’iy intellekt» nomli trening bo’lib o’tadi.

Ko’pgina ota-onalar farzandining mustaqil ravishda muvaffaqiyatli o’rgana olishini xohlashadi, ammo buni qanday o’rgatish har doim ham tushunarli emas. Zamonaviy pedagogikada bu murakkab va ko’p bosqichli jarayon deb hisoblanadi, ammo biz ushbu mahoratni egallashga harakat qilishni boshlashi mumkin bo’lgan tadbirni o’tkazmoqchimiz.

Trening davomida quyidagilarni sinab ko’rish mumkin:

  • yangi neyron tarmoqning ishlash qoidasini tezda o’zlashtirish;
  • sun’iy intellektning mexanizmlarini bir-biriga tushuntirish;
  • yodlash usullari va samarali o’rganish bilan tanishish.

Tadbirning yakuniy qismida mavzuga qiziqqan ota-onalar taklif qilinadi, ular o’z o’rganish qobiliyatlarini farzandlariniki bilan solishtirishlari mumkin bo’ladi.

Tadbirni sertifikatlangan repetitor, «Novaya shkola» (Moskva) iqtisod va ijtimoiy fanlar o’qituvchisi Sergey Melnikov o’tkazadi.

Yosh toifasi: 11 yoshdan 14 yoshgacha.

Ishtirok etish uchun to‘lov: 120 000 so‘m.
Havola orqali oldindan ro’yxatdan o’tish talab qilinadi.

Qo’shimcha ma’lumot uchun telefon: (+998) 94−640−5400.

    Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
    Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
    Muassis: «Afisha Media» MChJ
    Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
    Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
    © 2005-2024 Afisha.uz
    «Afisha Media» MChJ