1-sentyabrdan boshlab bolalar uchun muzeylarga kirish bepul bo‘lishi mumkin

E’lon qilingan sana· 1 661
1-sentyabrdan boshlab bolalar uchun muzeylarga kirish bepul bo‘lishi mumkin

Shu yilning 1-sentyabridan boshlab respublika fuqarosi hisoblangan va 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarning madaniy meros inshootlariga, jumladan ko‘rgazmalar, tarixiy obidalar va ziyoratgohlar, shuningdek, davlat muzeylariga to‘lovsiz kirish tartibi joriy etilishi kutilmoqda. Bu haqda Madaniy meros agentligi xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, bu tartib yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning 78-moddasida belgilangan bolalar va yoshlarda xalqning boy madaniy merosidan faxrlanish, Vatanga bo‘lgan mehr-muhabbat tuyg‘ularini shakllantirishga oid qoidalarni amalga oshirish maqsadida joriy etilmoqda.

Hujjatga asosan:

  • har yilning 2−8-sentyabr kunlari o‘tkaziladigan “Muzeylar haftaligi” doirasida;
  • har oyning birinchi yakshanbasi “Ochiq eshiklar kuni” doirasida;
  • haftaning har seshanba va juma kunlari madaniyat muassasalariga bolalar bepul kiritiladilar.

Bunda tashrif buyuruvchi 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar tegishli obyektlar kassasiga tug‘ilgan sanalarini tasdiqlovchi pasport yoki ID-kartalarini taqdim etishlari lozim bo‘ladi.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ