Anons

Respublika bolalar kutubxonasida ma'rifiy dastur

E’lon qilingan sana· 115
Respublika bolalar kutubxonasida ma'rifiy dastur

Respublika bolalar kutubxonasi mehmonlarni ma’rifiy dasturga taklif etadi.

Dastur:

29-sentabr:

Majlislar zali:

  • 12:00−13:00 — Uspenskiy nomidagi musiqa maktabi o‘quvchilarining fortepiano konserti.

Dasturdan “Choʻri-beka” va “Layli va Mujnun” operalaridan ariyalar hamda Frans Shubertning “Baxt” romansi o‘rin olgan.

Yosh chegarasi: 6+

Transformer zali:

  • 14:00−15:00 — Rassom Liliana Valiullina bilan origami uslubida guldasta yasash.

Jurnal, gazeta va rangli qog‘ozlardan yorqin va noodatiy gullar yasash o’rgatiladi.

Yosh chegarasi: 6+

Amfiteatr:

  • 15:30−17:00 — Kitobxonlar to‘garagi yig‘ilishida adabiyotshunos Robiya Allayeva bilan birgalikda Luiza Mey Olkottning “Kichkina xonimlar” romani muhokama qilinadi.

Yosh chegarasi: 14+
Muloqot tili: rus tili

30-sentabr:

Amfiteatr:

  • 12:00−13:00 — Kutubxona xodimi, radio boshlovchisi Shahzoda Jo‘rayeva she’riyat to‘garagi yig‘ilishini o‘tkazadi.

Taniqli o‘zbek shoirlari Muhammad Yusuf, Dilshod Rajab, shoiralar Oydin Hojiyeva va Zulfiyalar qalamiga mansub she’rlarni mutolaa qilamiz.
Namoyish tili: o‘zbek tili

Transformer zali:

  • 14:00−15:00 — Rassom Liliana Valiullina bilan origami uslubida guldasta yasash. Jurnal, gazeta va rangli qog‘ozlardan yorqin va noodatiy gullar yasaladi.

Majlislar zali:

  • 14:00−15:00 — Pianinochi, musiqashunos, xalqaro tanlovlar sohibasi, inklyuziv san’at studiyasi ishtirokchisi Sevara Mirsidiqovaning konserti.

Dasturdan Sergey Raxmaninov va Dilorom Omonullayevaning pyesalari, Karl Mayer va Ferens List etyudlari, Frederik Shopen va Oydin Abdullayevaning noktyurnlari o‘rin olgan.

  • 16:30−17:30 — “Susambil” multfilmining tiflosharhli namoyishi.

O‘zbek xalq ertagi motivlari asosida yaratilgan hikoya markazida o‘z egalaridan qochib ketgan bir guruh uy hayvonlari yotadi.
Namoyish tili: o‘zbek tili

Yosh chegarasi: 6+

Joylar soni cheklanganligi sababli ushbu havola orqali oldindan roʻyxatdan oʻtish talab qilinadi.

Kirish bepul.

Mahorat darslarida qatnashish bepul.

    Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
    Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
    Muassis: «Afisha Media» MChJ
    Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
    Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
    © 2005-2024 Afisha.uz
    «Afisha Media» MChJ