Anons

Respublika bolalar kutubxonasida madaniy-ma'rifiy dastur

E’lon qilingan sana· 48
Respublika bolalar kutubxonasida madaniy-ma'rifiy dastur

Respublika bolalar kutubxonasi mehmonlarni madaniy-ma'rifiy dasturga taklif etadi.

Dastur:

20-oktabr:

  • 19:00 — Milandagi Pinakoteka Brera va Braydens milliy kutubxonasi direktori Jeyms Bredberning “Madaniyat muassasalari shaharga nega kerak?” ma’ruzasi.

Joylar soni cheklanganligi sababli ushbu havola orqali oldindan roʻyxatdan oʻtish talab qilinadi.

21-oktabr:

Transformer zal:
  • 11:00 — Eng jajji kichkintoylar uchun ingliz tilidagi kitob to‘garagi.

Ingliz tili o‘qituvchisi va ta’lim kanallarining muallifi Inoyat Sodiqova bilan ko‘nikmalarni rivojlantiruvchi kitoblarni o‘qish. “Usborne Sound Books” turkumiga mansub “Poppy and Sam’s Noisy Tractor”, “Don't tickle the Hippo!”, “Animal Hide-and-Seek” kitobchalari mutolaa qilinadi.

Til: o’zbek.
Yosh toifasi: 0−5 yosh.

Amfiteatr:

  • 11:30 — “Goodveen” ishtirokida o‘simliklarni ko‘chirib o‘tkazish mahorat darsi.

Yosh toifasi: +6 yosh.

Majlislar zali:

  • 12:00 — Vokal konserti: O‘zbekiston Davlat konservatoriyasi bitiruvchilari Aziz Volf, Ramil Nurlayev va Gulzoda Saydullayevalar o‘zbek estrada qo‘shiqlari hamda “Maysaraning ishi” operasidan arialarni ijro etadilar.

Yosh toifasi: +6 yosh.

Transformer zali:

  • 13:00 — Bolalar kitob to‘garagining yig‘ilishi.

Taniqli o‘zbek shoirlarining she’rlarini radioboshlovchi va kutubxona xodimasi Shahzoda Jo‘rayeva bilan birga o‘qish.

Muloqot tili: o‘zbek tili

Yosh chegarasi: 5+

22-oktabr:

Transformer zal:
  • 11:00 — Karina Javliyeva ishtirokida diqqat bilan o‘qish ijod ustaxonasi.

Ulrik Kesterening “Yovvoyi qo‘shnilar” kitobi muhokama qilinadi va yirtqich mushuklar applikasiyasi yaratiladi.

Muloqot tili: rus tili

Yosh chegarasi: 5+

Amfiteatr:

  • 11:30 — “Goodveen” ishtirokida o‘simliklarni ko‘chirib o‘tkazish mahorat darsi.

Yosh chegarasi: 6+

Majlislar zali:

  • 12:00 — Uspenskiy nomidagi musiqa maktabi o‘quvchilarining estrada-jaz konserti.

Dasturdan o‘zbekistonlik, italiyan va rossiyalik XX asr bastakorlarining gitara, fortepiano va saksafon uchun yozilgan asarlari o‘rin olgan. Dasturda, shuningdek, vokal chiqishlar mavjud. Har bir ijro bastakor haqidagi kichik hikoya bilan boshlanadi.

Yosh chegarasi: 6+

Transformer zal:

  • 13:30 — Bolalar akademiyasi musavviri va muallimasi Liliana Valiullina bilan san’at ixlosmandlari to‘garagining uchrashuvi.

Emma Lyuis qalamiga mansub “Muzey — o‘zim” kitobi mutolaa qilinadi, shaxsiy muzey uchun kollajlar yaratiladi.

Mashg‘ulot tili: rus tili

Ishtirokchilar yoshi: 5+

Joylar soni cheklanganligi sababli ushbu havola orqali oldindan roʻyxatdan oʻtish talab qilinadi.

Kirish bepul.

Mahorat darslarida qatnashish bepul.

    Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
    Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
    Muassis: «Afisha Media» MChJ
    Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
    Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
    © 2005-2024 Afisha.uz
    «Afisha Media» MChJ