Anons

Respublika bolalar kutubxonasida madaniy-ma'rifiy dastur

E’lon qilingan sana· 122
Respublika bolalar kutubxonasida madaniy-ma'rifiy dastur

Respublika bolalar kutubxonasi mehmonlarni madaniy-ma'rifiy dasturga taklif etadi.

Dastur:

28-oktabr:

Transformer zal:

  • 11:00 — Qunt bilan o‘qish ijod ustaxonasi.

Dev Pettining «Qurbaqa bo‘lishni istamayman» nomli kitobi mutolaa qilinadi va Karina Javliyeva ishtirokida muhokama qilinadi.

Muloqot tili: rus tili
Yosh chegarasi: 5+

Transformer zal:

  • 12:30 — Bolalar akademiyasi musavviri va muallimasi Liliana Valiullina bilan bezakli naqshlarni chizish bo‘yicha mahorat darsi.

Muloqot tili: rus tili
Yosh chegarasi: 6+

Transformer zal:

  • 14:00 — Bolalar kitob to‘garagining yig‘ilishi.

Bolalar qomusiy kitobidan hayvonlar, o‘simliklar va ularning yashash makonlari haqidagi bitiklarni radioboshlovchi, kutubxona xodimasi Shahzoda Jo‘rayeva bilan birgalikda mutolaa qilishadi.

Muloqot tili: o‘zbek tili
Yosh chegarasi: 5+

29-oktabr:

Majlislar zali:
  • 12:00 — Inklyuziv ta’lim markazi rahbarlari Tohir Fayziyev va Ubayda Fayziyevaning «Quyosh bolalari» ma’ruzalari.

Daun sindromiga oid xabardorlik oyligi doirasida sindromga chalingan bolalarning hayot va o‘qish tarzlari, shuningdek, bolalarni rivojlantirish uchun qanday imkoniyatlar mavjudligi xususida ota-onalar nimalarni bilishlari lozimligi haqida suhbat quriladi.

Til: rus.

Transformer zal:

  • 14:00 — Rassom va murabbiy Dilnura Farmonova bilan kuz manzarasini chizish bo‘yicha mahorat darsi.

Muloqot tili: rus tili
Yosh chegarasi: 6+

Majlislar zali:

  • 15:00 — Me’morchilik to‘garagining dastlabki yig‘ilishi.

Me’morchilik tarixi va innovatsiyalari haqidagi o‘zaro bilim, kuzatish va mulohazalar bilan o‘rtoqlashish maqsadida hamfikr, talaba, amaliyotchi va ishtiyoqmandlar jamlanadi.

Muloqot tili: rus tili

Joylar soni cheklanganligi sababli ushbu havola orqali oldindan roʻyxatdan oʻtish talab qilinadi.

Kirish bepul.

Mahorat darslarida qatnashish bepul.

    Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
    Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
    Muassis: «Afisha Media» MChJ
    Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
    Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
    © 2005-2024 Afisha.uz
    «Afisha Media» MChJ