Anons

Respublika bolalar kutubxonasida ma'rifiy dastur

E’lon qilingan sana· 138
Respublika bolalar kutubxonasida ma'rifiy dastur

Respublika bolalar kutubxonasi ma’rifiy dasturga taklif etadi.

Jadval:

2-dekabr

Katta transformer zali

11:00 dan 15:00 gacha — Bolalar va kattalar uchun archa o‘yinchoqlarini yasash ustaxonasi.

Bolalar tegishli hozirlikni koʻrib, shaklchalar tikib, birgalikda kutubxonaning katta o‘quv zalidagi archani yasatishadi. Ishtirokchilar fetr matosidan etikcha, yulduzcha va muz sumalaklarini yasashadi.

Yosh chegarasi: 10+


15:00 dan 16:00gacha — Bolalar kitob to‘garagining yig‘ilishi.

O‘zbek yozuvchisi Dinara Mo‘minovaning “Ajoyib kaktus” kitobini radioboshlovchi, kutubxona xodimasi Shahzoda Jo‘rayeva bilan mutolaa va muhokama qiladilar. Kaktuslar har xil bo‘ladi: to‘lagina va cho‘zinchoqroq, o‘tkir tikanli va mayin. Ayrimlari qishda uyquga ketsa, boshqalari esa aksincha dekabr oyida gullaydi. Har birimizning o‘ziga xosligimiz to‘g‘risida suhbatlashamiz, gullab turgan “Dekabrist” kaktusini qog‘ozdan yasab, unga issiq bo‘yinbog‘ o‘rab qo‘yamiz.

Muloqot tili: o‘zbek tili
Yosh chegarasi: 5+


Majlislar zali

14:00 dan 15:00 gacha — Uspenskiy nomidagi musiqa maktabi o‘quvchilari — xalqaro tanlovlar sovrindorlari Nozima Ismoilova, Samira Haydarova va Sevara Yuldasheva ishtirokidagi mumtoz musiqa konserti.

Majlislar zalida Bax, Mendelson, Shopen, Raxmaninov, Cherni, Moshkovskiy, Debyussi va Ravelning fortepiano uchun yozilgan asarlari yangraydi. Har bir ijrodan avval bastakor tarjimai holi muxtasar hikoya qilinadi.

Yoshi: 6+


3-dekabr

Katta transformer zali

11:00dan 12:00 gacha — Bolalar va kattalar uchun archa o‘yinchoqlarini yasash ustaxonasi.

Ishtirokchilar kutubxonaning katta o‘quv zalidagi archa uchun bezaklar yig‘ish maqsadida yung tolalarini kigizlab rang-barang munchoqlar tayyorlashadi. Momiq tayyorlash uslubi bilan tanishib, bezaklar uchun rangli marjon qismlarini yasashadi.

Yosh: 12+


12:00 dan 13:00 gacha — Bolalar va kattalar uchun archa o‘yinchoqlari yasash ustaxonasi.

Bolalar rangli jun marjonlardan bezaklar yig‘ib, kutubxonaning katta o‘quv zalidagi archani birgalikda yasatishadi. Bolalar quruq kigizlash uslubi bilan tanishib, rangli marjonlardan bezaklarni yigʻishadi.

Yoshi: 7+

Ishtirok etish bepul.
Oʻrindiqlar soni cheklangan. Ushbu havola orqali roʻyxatdan oʻtish talab qilinadi.

    Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
    Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
    Muassis: «Afisha Media» MChJ
    Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
    Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
    © 2005-2024 Afisha.uz
    «Afisha Media» MChJ