Anons

Respublika bolalar kutubxonasida ma'rifiy dastur

E’lon qilingan sana· 70
Respublika bolalar kutubxonasida ma'rifiy dastur

Respublika bolalar kutubxonasi ma’rifiy dasturga taklif etadi.

Jadval:

15-dekabr

Katta transformer zali

11:00 dan 13:00 gacha — “Bolalar va ota-onalar uchun archa o‘yinchoqlarini yasash oilaviy ijod ustaxonasi”.

Momiq tayyorlash uslubi bilan tanishib, yungdan rangli munchoqlar tayyorlanadi, momiqdan yulduzcha va muz sumalaklarini yasab, kutubxona archasi o‘yinchoqlar bilan bezatiladi.

Yoshi: 10+.


16-dekabr

Katta transformer zali

11:00 dan 13:00 gacha — “Musavvir Kseniya Gorbacheva ishtirokida bolalar uchun illyustratsiya mahorat darsi”.

Ishtirokchilar kollaj uslubida qog‘ozdan tabriknoma va o‘z siymolarini yaratishadi.

Til: rus.
Yoshi: 5+.


Kichik transformer zali

12:00 dan 15:00 gacha — “Bolalar va kattalar uchun archa o‘yinchoqlarini yasash ustaxonasi”.

Ishtirokchilar shaklchalar tikadilar va birgalikda kutubxonaning katta oʻquv zalida yangi yil archasini bezatadilar.

Tillar: oʻzbek va rus.
Yoshi: 10+.


15:00 dan 16:00 gacha — “Yosh kitobxonlar” to‘garagining yig‘ilishi".

Amerikalik yozuvchi va illyustrator Anna Dyudnining “Jajji Lamaning shodiyonasi” kitobini radioboshlovchi, kutubxona xodimasi Shahzoda Jo‘rayeva bilan mutolaa va muhokama qilishadi.

Tillar: oʻzbek va rus.
Yoshi: 5+.


17-dekabr

Katta transformer zali

11:00 dan 13:00 gacha — “Musavvir Kseniya Gorbacheva ishtirokidagi bolalar uchun illyustratsiya mahorat darsi”.

Ishtirokchilar yupqa va qattiq qogʻozdan qorga burkangan shahar tasviri tushirilgan tabriknomalar yasashadi.

Yoshi: 5+.


13:00 dan 14:30 gacha — “Bolalar va ularning ota-onalari uchun guldastalar yasash mahorat darsi”.

Xonaki o‘simliklar bo‘yicha mutaxassis Veronika Filipenko bilan birgalikda archa shoxlari, evkalipt, ignabarglardan qishki guldastalar yasaladi va ularni rezavor mevalar, apelsin qoqisi va kapalak nusxa tugunli tasmalar bilan bezatishadi.

Yoshi: 5+.


Katta xoll

16:00 dan 16:20 gacha — “O‘zbek tiliga bag‘ishlangan ko‘rgazma bo‘ylab sayr”.

Muhofiz Ivan Sorokin bilan birgalikda 1930-yillar rassomlari ijodidagi bolalik timsoli, XX asrda o‘zbek tili yozuvidagi o‘zgarishlar haqida suhbat qilinadi, Oʻzbekiston davlat san’at muzeyi sara to‘plamlarida saqlanayotgan plakatlar va kutubxona arxividagi kitobchalar ko‘zdan kechiriladi.

Til: rus.
Yoshi: 10+.

Ishtirok etish bepul.
Oʻrindiqlar soni cheklangan. Ushbu havola orqali roʻyxatdan oʻtish talab qilinadi.

    Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
    Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
    Muassis: «Afisha Media» MChJ
    Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
    Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
    © 2005-2024 Afisha.uz
    «Afisha Media» MChJ