Maktablarda qishki ta’til qachondan boshlanishi ma’lum qilindi

E’lon qilingan sana· 2 677
Maktablarda qishki ta’til qachondan boshlanishi ma’lum qilindi

O‘zbekiston maktablarida qishki ta’til 28-dekabr, payshanba kunidan boshlanadi. Bu haqda Maktab va maktabgacha ta’lim vazirligi xabar berdi.

Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi tizimidagi umumta’lim, ijod, ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlari o‘quvchilari uchun joriy o‘quv yilining II chorak so‘nggi kuni 2023-yil 27-dekabr, qishki ta’tilning ilk kuni 28-dekabr sanaladi.

Ta’til 2024-yil 10-yanvargacha (14 kalendar kun) davom etadi. III chorak darslari 2024-yil 11-yanvardan boshlanadi.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ