Anons

Respublika bolalar kutubxonasida ma'rifiy dastur

E’lon qilingan sana· 117
Respublika bolalar kutubxonasida ma'rifiy dastur

Respublika bolalar kutubxonasi ma’rifiy dasturga taklif etadi.

Jadval:

29-dekabr

Kichik transformer zali

11:00 dan 11:45 gacha — “Onlayn ta’lim kanallari muallifi Inoyat Sodiqova ishtirokida kichkintoylar uchun inglizcha kitob to‘garagi”.

Ingliz tilidagi bolalar kitoblari mutolaa qilinadi va “HAVAS” xalqaro musiqa va san’at maktabi o‘quvchisi Farida Karimovaning skripka sadolari jo‘rligida mavzuga oid kuy-qo‘shiqlar xirgoyi etiladi.

Muloqot tili: ingliz
Yoshi: 5 yoshgacha, ota yo onaning hozir bo‘lishi shart.


Kichik transformer zali

15:00 dan 17:00 gacha — “Bolalar va kattalar uchun archa o‘yinchoqlari bo‘yicha mavsumning so‘nggi ijod ustaxonasi”.

Momiqdan tikib, mo‘ynani kigizlab shaklchalar tayyorlanadi va birga kutubxonaning katta o‘quv zalidagi archa yasatiladi.

Yoshi: 10+.


Katta transformer zali

16:00 dan 18:00 gacha — “Bolalar va ota-onalar uchun yangi yil bezaklarini yasash ustaxonasi”.

Qogʻoz va kartondan yirik hajmli bezaklar — qorga burkangan shaharlarni qirqib, bukib, chizishadi va yelimlashadi.

Yoshi: 5+.


30-dekabr

Katta transformer zali

11:00 dan 16:00 gacha — “Stol o‘yinlari to‘garagining dastlabki yig‘ilishi”.

Qoida sir-asrorlaridan saboq chiqarib, jamoalarga boʻlinib, bellashuvga yangi o‘yinchilar qoʻshiladi. Ushbu yangi yil arafasidagi shanbada ikkita bag‘oyatda turli-tuman, ammo maroqli o‘yinga e’tiborimiz qaratiladi. Bolalar “Diksit” varaqchalaridagi rang-barang suratlar bilan bog‘liq o‘y-xayollarni o‘ylab topishadi, o‘zgalarning fikrlarini topishni o‘rganib, tasavvur va muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishadi. Jo‘shqin “Mulohaza yuritish” sharofati bilan esa so‘z boyligi faollashadi, munosabat bildirish tezligini chiniqtirib, tasavvurlar qatorini tizib chiqishni o‘rganishadi…

Yoshi: 12+.


Majlislar zali:

11:00 dan 16:00 gacha — “Rassom Kseniya Gorbacheva ishtirokida bolalar va kattalar uchun orzular ijod ustaxonasi”.

Kollaj uslubidan foydalanib 2024-yil uchun maqsad, reja va orzulardan iborat kayfiyat taxtasi yig‘iladi.

Yoshi: 12+.


Kichik transformer zali:

11:00 dan 12:00 gacha — “Bolalar kitob to‘garagining besh qismdan iborat yig‘ilishi”.

Do‘stlik, abadiy qadriyatlar va mo‘jizalar haqidagi qishki hikoyalarni o‘qib, muhokama qilinadi.

Til: oʻzbek.
Yoshi: 5+.

Ishtirok etish bepul.
Oʻrindiqlar soni cheklangan.

Ushbu havola orqali roʻyxatdan oʻtish talab qilinadi.

    Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
    Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
    Muassis: «Afisha Media» MChJ
    Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
    Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
    © 2005-2024 Afisha.uz
    «Afisha Media» MChJ