Anons

Respublika bolalar kutubxonasida ma'rifiy dastur

E’lon qilingan sana· 168
Respublika bolalar kutubxonasida ma'rifiy dastur

Respublika bolalar kutubxonasi ma’rifiy dasturga taklif etadi.

Jadval:

27-yanvar

Majlislar zali

11:00 dan 12:00 gacha — “Uspenskiy nomidagi musiqa maktabining 85 yilligiga bag‘ishlangan bayram konserti”.

Dasturda polyak va rus xalq qo‘shiqlari: “Daladagi jo‘kajon”, “Mening bog‘imdami”, “Osmon bo‘ylab, ko‘k bo‘ylab”, “Tongda, tong yog‘dusida”, “Oh, azizim” . Bundan tashqari, Alyabyevning “Yor tanlovi” musiqiy asarlari, Yudakovning “Maysaraning ishi” operasidan Oyxon ariyasi, Shubertning “Baxt” va Motsartning “Figaroning uylanishi” operasidan Figaro ariyasi ijro etiladi.

Yoshi: 5+.


Kichik transformer zali

12:00 dan 13:00 gacha — “Bolalar kitob toʻgaragining yigʻilishi”.

Radioboshlovchi, kutubxona xodimasi Shahzoda Joʻrayeva bilan birgalikda hind adibasi Anuradhaning yangi talqindagi “Boburning hikoyasi. Shahzoda, shoh, donishmand” kitobining dastlabki boblari mutolaa qilinadi.
Bu “Boburning hikoyasi” mavzusidagi uchta uchrashuvning birinchisidir. Voqealar rivoji asosida islom adabiyotidagi ilk chinakam tarjimai hol, markaziy osiyolik qudratli hukmdor Bobur tomonidan yozilgan “Boburnoma” asari yotadi. Ishtirokchilar har bir mashgʻulotda asta-sekin buyuk shohning tarixini qogʻozda jamlab, kollajlar yasashadi.

Til: oʻzbek.
Yoshi: 5+.


14:00 dan 15:00 gacha — “San'at ixlosmandlari to‘garagining Bolalar akademiyasi rassomi va o‘qituvchisi Liliana Valiullina ishtirokidagi yig‘ilishi”.

Ishtirokchilar Aleksis Draosning “San‘atdagi fazogirlik. Uyg‘onish davridan hozirgi kunlargacha” kitobini mutolaa qilishda davom etishadi. Bu safar XX asr rangtasviri, syurrealizm va mavhum ekspressionizm davridagi astronomiyaga bag‘ishlangan boblar oʻrganialdi. Van Gog va boshqalarning suratlaridagi yulduzlar tasvirlari o‘rganiladi.

Til: rus.
Yoshi: 6+.


28 yanvar

Katta tranformer zali

11:00 dan 13:00 gacha — “Rassom Kseniya Gorbacheva ishtirokidagi ijodiy ishlar mahorat darsi”.

Ishtirokchilar qog‘ozdan xatcho‘plar yasashadi hamda ularni o‘ziga xoslikni aks ettiruvchi uncha katta bo‘lmagan muhrli qismlar bilan bezatishadi.

Yoshi: 5+.


Kichik transformer zali

13:00 dan 14:00 gacha — “Karina Javliyeva ishtirokida qunt bilan oʻqish ijod ustaxonasi”.

Ishtirokchilar avstriyalik yozuvchi Rebekka Yangning rassom Mett Ottlining ta’sirchan rasmlari bilan bezatilgan “Finjon” kitobini mutolaa qilishadi. Odamlarni jahongashtalik qilishiga nima undashi, qanday narsalar uyimiz sari tortishi haqida suhbat qurib, bepoyon dengiz va bu makonda istiqomat qiluvchilarning uch oʻlchamli sayohat tabriknomasini yasashadi.

Kitob qahramoni — yangilik izlab yoʻlga ravona boʻlishga qaror qilgan navqiron yigit. Oʻzi bilan deyarli tasodifiy buyumlar toʻplami — kitob, shisha idish, adyol va finjonni olib, u ochiq dengizga chiqadi. Qahramon kunlardan bir kun finjonda jajji yashil nihol paydo boʻlgunga qadar abadiy sayohat qilishga tayyor boʻladi.

Til: rus.
Yoshi: 5+.


15:00 dan 16:30 gacha — “Stol o‘yinlari ixlosmandlari to‘garagining yig‘ilishi”.

Ishtirokchilar kelayotgan yakshanbada diqqat-e'tibor sara to‘plamlardan o‘rin olgan, o‘xshatma tasavvurni rivojlantirib, ishtirokchilarning ijodiy salohiyatlarini kashf etuvchi “Diksit” va “Timsoh” nomli ikki o‘yinga qaratiladi. Ishtirokchilar guruhlarga bo‘linib, ijodkorlik bobida bellashishadi.

Yosh: 13+.


Majlislar zali

14:00 dan 15:00 gacha — “Kattalar uchun me’morchilik to‘garagining yig‘ilishi”.

He’morchilik tarixi va innovatsiyalariga oid o‘zaro bilim, kuzatuv va mulohazalar bilan o‘rtoqlashish maqsadida hamfiklar, ishtiyoqmand talabalar va amaliyotchi me’morlar yana uchrashishadi. Bu safar O‘zbekiston me’morchilik va dizayn byurolarida malaka oshirish haqida so‘z yuritiladi: tajriba bilan o‘rtoqlashib, harakatlar rejasini tuzishadi.

Til: rus.
Yoshi: 15+.

Ishtirok etish bepul.
Oʻrindiqlar soni cheklangan. Ushbu havola orqali roʻyxatdan oʻtish talab qilinadi.

    Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
    Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
    Muassis: «Afisha Media» MChJ
    Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
    Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
    © 2005-2024 Afisha.uz
    «Afisha Media» MChJ