Anons

Respublika bolalar kutubxonasida ma’rifiy dasturlar

E’lon qilingan sana· 129
Respublika bolalar kutubxonasida ma’rifiy dasturlar

Respublika bolalar kutubxonasi ma’rifiy dasturlarga taklif etadi.

Jadval:

29-fevral

Katta transformer zali

18:00 dan 19:00 gacha — “To‘qish to‘garagining yig‘ilishi”.

Ishtirokchilar kichik sumkalardan tortib ulkan paxmoq ro‘mollargacha turli narsalarda uchratish mumkin bo‘lgan “buvijonlar” to‘rtburchagini to‘qishni o‘rganadi. Bo‘lajak buyumni tanlab, kerakli shaklni hosil qilish uchun to‘rtburchaklarni qanday qilib o‘zaro bog‘lash zarurligini anglab olishadi. Ishtirok etish uchun 5 mm. qalinlikdagi pilta va unga mos kalava iplarni olib kelish lozim.

Yoshi: 13 yoshdan.


2-mart

Majlislar zali

Soat 12:00 dan 13:00 gacha — “Viktor Aleksandrovich Uspenskiy nomidagi musiqa maktabining 85 yilligiga bag‘ishlangan bayram konsertlari”

Bu safar tashrif buyuruvchilar O‘zbekiston bastakorlarining ariya va romanslarini tinglaydi. Dasturdan Sulaymon Yudakovning “Maysaraning ishi” operasidan ariyalar, Boris Giyenkoning “Jenni” va “Dalalarda…” romanslari, shuningdek, Sovet Varelasning “Ochko‘z bola”, “Do‘ppi” va “Muhabbat yo‘q deysan…” romanslari o‘rin olgan.

Yoshi: 6+.


Kichik transformer zali

12:00 dan 13:00 gacha — “Muallima va defektolog Yelizaveta Logvina ishtirokidagi bolalar uchun neyro o‘yinlar”.

Ishtirokchilar qiziqarli o‘yinlar formatida ko‘z-qo‘l motorikasi muvofiqlashtiruvi, diqqat-e'tibor, xotira, tafakkurning qayishqoqligini quvnoq o‘yinlar shaklida rivojlantiradi. Ikki qo‘lda rasm chizib, qarama-qarshi harakatlarni mashq qiladi va to‘siqlar yo‘lkasi bo‘ylab yuradi.

Til: rus.
Yoshi: 5+.


13:00 dan 14:00 gacha — “Bolalar kitob to‘garagining yig‘ilishi”.

Ishtirokchilar fransuz yozuvchisi Astrid Debordning Polin Marten rasmlari bilan bezatilgan “Mening muhabbatim” asarini o‘qib, muhokama qiladi. Radioboshlovchi, kutubxona xodimasi Shahzoda Jo‘rayeva bilan birgalikda ona mehri haqidagi hayajonli hikoya bilan tanishib, mavzuga oid qo‘l mehnati namunasini yasaydi.

Til: oʻzbek.
Yoshi: 5+.


14:00 dan 15:00 gacha — “San'at va me’morchilik ixlosmandlari to‘garagining „Bolalar akademiyasi“ rassomi va o‘qituvchisi Liliana Valiullina bilan uchrashuvi”.

Ishtirokchilar Polina Fadeyevaning Anna Alyamova suratlari bilan bezatilgan XX asrning buyuk me’morlari xususidagi “Bularning barchasini kim qurgan?” kitobini mutolaa qilishda davom etadi.

To‘garak uchrashuvida britaniyalik me’mor Norman Fosterning ijodi tahlil qilinadi. Yuqori texnologiyalarning oxirgi yillardagi hosilasi bo‘lmish London City Hall va Herst minorasi bilan tanishadi. Germaniyadagi Reyxstag gumbazi nimasi bilan shu qadar noyob ekani, nima uchun Normanni yashil me’mor deb atashligi va u tomonidan loyihalashtirilgan binolarning energiya sarfi qanday tuzilganini bilib olishadi.

Til: rus.
Yoshi: 6+.


3-mart

Majlislar zali:

11:00 dan 14:00 gacha — “Kutubxona hayotiga bag‘ishlangan „zin“ uslubida jurnal yaratish bolalar ustaxonasining dastlabki yig‘ilishi”.

Tashir buyuruvchilar assom Kseniya Gorbachyova va muallima Karina Javliyeva bilan birga kutubxona hududini tadqiq etib, “zin” madaniyati — kam nusxali qo‘lbola nashrlar yaratish bilan tanishadi Ushbu atama qanday paydo bo‘lganligini bilib, rasm, qaydlar, dastxat hamda kollajlardan iborat mo‘jaz kitobchalarni yaratishning turli bichim, ashyo va usullarini ko‘rib chiqishadi.

Til: rus.
Yoshi: 10+.


Kichik tranfsfomer zali

14:00 dan 15:00 gacha — “Karina Javlieva bilan yaqindan oʻqish seminari”.

Karina Javliyeva ishtirokida qunt bilan o‘qish ijod ustaxonasi. Britaniyalik yozuvchi Juliya Roulinsonning “Tulkicha Lyuter va bahoriy bog‘” kitobini mutolaa va muhokama hikoya qilinadi. Ko‘klamda tabiat bilan nimalar sodir bo‘lishi haqida suhbatlashib, qog‘ozdan gul applikatsiyasini yasaydi.

Til: rus.
Yoshi: 5+.


15:30 dan 17:00 gacha — “Stol o‘yinlari ixlosmandlari to‘garagining uchrashuvi”.

Kelayotgan yakshanbada nemis o‘yinsoz mutaxassisi Volfgang Kramerning “Sigir 006” o‘yiniga e’tibor qaratiladi. Ushbu jo‘shqin o‘yin hisob-kitob va omad uyg‘unligini qadrlaydiganlar uchundir. Josus sigirlarni kuzatib, raqiblarning harakatlarini avvaldan taxmin qilib, omadsiz sigirdan qochamiz.

Til: rus.
Yosh: 13+.


7-mart

Kichik transformerlar zali

18:00 dan 19:00 gacha — “To‘qish to‘garagining yig‘ilish”.

Ishtirokchilar barqaror aksessuarlar dizayneri Susanna Qodirova bilan birgalikda asosiy koʻnikmalarni oʻrganishni davom ettiradilar. Bu safar ular gul barglarini to‘qishni o‘rganadilar va butun atirgulni yigʻishga harakat qilishadi. Ishtirok etish uchun siz 5 mm kanca va mos ipdan toʻp olib kelishingiz kerak.

Yoshi: 13 yoshdan.


Katta transformer zali

16:00 dan 18:00 gacha — “Kattalar va bolalar uchun bayram tabriknomalarini muallima Karina Javliyeva ishtirokida yasash ustaxonasi”.

Ishtirokchilar mevali daraxtlarning shoxlari bilan otkritkalar yaratadi, gullar chizadi va birgalikda sevimli ayollariga tabriklar yozadilar.

Yoshi: 5 yoshdan.


Majlislar xonasi

18:00 dan 19:00 gacha — “8-mart arafasidagi bayram konserti”.

“Flamingo” studiyasining vokal, pianino, gitara va skripka sozandalari ijrosida sevimli filmlar musiqalarini tinglash mumkin bo‘ladi. Dasturdan Dario Marianellining “Anna Karenina” va “Andisha va g‘urur”, Aleksandr Desplaning “Kichkina xonimlar”, Mirhalil Mahmudovning “Kelinlar qo‘zg‘oloni”, Sergey Nikitinning “Moskva ko‘z yoshlarga ishonmaydi” va Andrey Petrovning “Ishdagi ishq”, Teodor Shapironing “Qattiqqo‘l xonim”, Rolf Kentning “Qonundagi mallasoch”, Elliot Goldentalning “Frida” filmi va boshqa dovrug‘li ayollar haqidagi filmlarda yangragan musiqa va kompozitsiyalar o‘rin olgan.

Yoshi: 5+.


Ishtirok etish bepul.
Oʻrindiqlar soni cheklangan. Ushbu havola orqali roʻyxatdan oʻtish talab qilinadi.

    Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
    Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
    Muassis: «Afisha Media» MChJ
    Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
    Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
    © 2005-2024 Afisha.uz
    «Afisha Media» MChJ