Anons

Respublika bolalar kutubxonasida ma’rifiy dasturlar

E’lon qilingan sana· 84
Respublika bolalar kutubxonasida ma’rifiy dasturlar

Respublika bolalar kutubxonasi ma’rifiy dasturlarga taklif etadi.

Jadval:

16-mart

Kichik transformer zali

13:00 dan 14:00 gacha — “Bolalar kitob to‘garagining yig‘ilishi”.

Ishtirokchilar shved yozuvchisi Lars Klintingning “Kastor pirog pishirmoqda” asarini o‘qib, muhokama qilishadi. Radioboshlovchi va kutubxona xodimasi Shahzoda Jo‘rayeva ishtirokida alomat suv qunduzi Kastor hikoyasi bilan tanishib, mavzuga oid qo‘l mehnati namunasini yasashadi.

Bugun dunyodagi eng mehribon va eng aqlli qunduz Kastorning tugʻilgan kuni. Shu munosabat bilan Kastor hamda qunduzvoy Frippe buvijonisining retsepti bo‘yicha tavallud pirogini pishiradilar.

Tillar: oʻzbek va rus.
Yosh chegarasi: 5+.


12:00 dan 13:00 gacha — “San'at ixlosmandlari to‘garagining Bolalar akademiyasi rassomi va o‘qituvchisi Liliana Valiullina ishtirokidagi uchrashuvi”.

Ishtirokchilar Zaynutdin Faxrutdinovning “Ko‘klam nafasi” (2003), Yuriy Chernishovning “Bahorgi hovli” (2005), Pavel Benkovning “Bahor” (1943) va boshqa o‘zbek rassomlarining suratlari misolida rangtasvirdagi bahor timsollarini muhokama qilishadi. Shu fasl chog‘i tabiatda nimalar sodir bo‘lishi, peyzajchi musavvirlar shabbodaning mayin esishi, qiyg‘os gullash pallasi hamda oftob shu’lalarini mato suratlarda qanday gavdalantirgani haqida suhbatlashishadi.

Til: rus.
Yosh chegarasi: 6+.


14:00 dan 15:00 gacha — “Bolalar uchun stol o‘yinlari ixlosmandlarining yig‘ilishi.”.

Ishtirokchilar e’tiborini “Mushuklar va boyqushlar” o‘yiniga qaratishadi. Shashqollarni tashlab, varaqalardan mos keladigan mo‘jizaviy hayvonlarni izlaydi va chaqqonlik bilan tegishli totemni ilib oladi. O‘yin jarayonida hisob-kitob, mantiq, diqqat va fikrni jamlash ko‘nikmalarini rivojlantirishadi

Til: rus.
Yosh chegarasi: 5+.


Majlislar xonasi

14:00 dan 15:00 gacha — “Toshkent VGIK kafedrasi dotsenti, tarixchi olim, O‘zbekiston tarixiga oid kitoblar muallifi Marat Kamilovich Lisovskiyning Navro‘zning ko‘p qirralari haqida ma’ruzasi”.

Ishtirokchilar ushbu bayram o‘zining ming yillik tarixi davomida qanday o‘zgargani, O‘zbekistonda Navro‘z bayramini nishonlashda qanday milliy xususiyatlar borligi va boshqa mamlakatlarda qanday nishonlanishi bilan tanishadi.

Til: rus.
Yosh chegarasi: 5+.


18:00 dan 21:00 gacha — “VGIK Toshkent filiali kolleksiyasidan animatsion filmlar namoyishi”.

Ishtirokchilar bahor va bahor bayramlari haqidagi kulgili va quvnoq multfilmlarni tomosha qilishadi.

Yosh chegarasi: 0+.


Kutubxona hovlisi

10:00 dan 21:00 gacha — “Kutubxona hovlisining ochilishi”.

Butun kutubxona jamoasi qo‘shnilari bilan birgalikda sumalak tayyorlaydi.

Yosh chegarasi: 0+, 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar ota-onalari ishtirokida.


Kutubxona ro‘parasidagi xiyobon

12:00 dan 18:00 gacha — “Navro‘z bayrami”.

Kutubxona oldida kun bo‘yi ommaviy tantanalar bo‘lib o‘tadi, karnay-surnay sadolari ostida akrobatlar, masxarabozlar va hatto arqonchi ham chiqish qiladi.

Yosh chegarasi: 0+, 7 yoshgacha boʻlgan bolalar ota-onalari ishtirokida.


17-mart

Kichik transformer zali:

14:00 dan 15:00 gacha — “Karina Javliyeva ishtirokida qunt bilan o‘qish ijod ustaxonasi.”.

Ishtirokchilar fransuz muallifi, rassom va me’mori Tibo Rassaning “Daraxt” kitobini mutolaa va muhokama qilishadi. Tevarak olamga nisbatan g‘amxo‘r bo‘lgan holda, orzu qilish va tajriba-sinovlardan cho‘chimaslik naqadar muhimligi haqida suhbatlashib, qog‘ozdan orzudagi xonadonni yasaydi.

Kitob qahramoni — g‘alatiroq me’mor Ejen. U faqat to‘g‘ri chiziqlar va barcha narsada mutloq tartibni xush ko‘radi, shu bois uning ijod namunalari biroz bir xil bo‘ladi. Kunlardan bir kun unga qarashli yangi bino qurilishida ulkan daraxt qulaydi. Ammo bu saranjom yigitni ranjitmaydi, aksincha Ejen qalbida qulagan yashil bahaybat va boshqa tirik mavjudotlarga nisbatan rahm-shafqat hissini uyg‘otadi.

Til: rus.
Yosh chegarasi: 5+.


15:30 dan 17:00 gacha — “Bolalar uchun stol o‘yinlari ixlosmandlarining yig‘ilishi”.

Ishtirokchilar italyan o‘yin ixtirochisi Emiliano Sharraning “Beng! Samoviy jangchilar” turkum o‘yinlari bilan tanishishadi. Bu spagetti vesternlari uslubidagi rolli stol o‘yini olis Somon yo‘liga ko‘chadi va odatiy qahramonlar o‘rnini isyonchi, hujumchilar hamda Dart Veyderning o‘zi egallaydi. Raqiblarni fosh etib, o‘z rollarini pishiq-puxta yashiradi, soxtalikni aniqlab, mantiqiy xulosa chiqarish va zukkolikdan foydalanishadi.

Til: rus.
Yosh chegarasi: 13+.


Majlislar zali

18:00 dan 21:00 gacha — “VGIK Toshkent filiali kolleksiyasidan animatsion filmlar namoyishi”.

Ishtirokchilar bahor va bahor bayramlari haqidagi kulgili va quvnoq multfilmlarni tomosha qilishadi.

Yosh chegarasi: 0+.


Kutubxona hovlisi

10:00 dan — “Pishirilgan sumalakdan tatib ko‘rish”.

Ishtirokchilar oxirgi tomchigacha bayram sumalagini yeb, tarqatadilar.

Yoshi: 0+.

Kutubxona ichida sumalak yeyish taqiqlangan.


Kutubxona oldidagi xiyobon

12:00 dan 18:00 gacha — “Navro‘z bayrami”.

Kutubxona oldida kun bo‘yi ommaviy tantanalar bo‘lib o‘tadi, karnay-surnay sadolari ostida akrobatlar, masxarabozlar va hatto arqonchi ham chiqish qiladi.

Yosh chegarasi: 0+, 7 yoshgacha boʻlgan bolalar ota-onalari ishtirokida.

Ishtirok etish bepul.
Oʻrindiqlar soni cheklangan. Ushbu havola orqali roʻyxatdan oʻtish talab qilinadi.

    Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
    Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
    Muassis: «Afisha Media» MChJ
    Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
    Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
    © 2005-2024 Afisha.uz
    «Afisha Media» MChJ