Respublika bolalar kutubxonasida bolalar inklyuziyasi boʻyicha “His-tuyg‘ular muzeyi 0+” konferensiyasi boʻlib oʻtadi

E’lon qilingan sana· 412
Respublika bolalar kutubxonasida bolalar inklyuziyasi boʻyicha “His-tuyg‘ular muzeyi 0+” konferensiyasi boʻlib oʻtadi

Respublika bolalar kutubxonasi va “Garaj” muzeyi bolalar inklyuziyasi mavzusiga bagʻishlangan “His-tuyg‘ular muzeyi 0+” VIII konferensiyasini e’lon qilmoqda.

“His-tuyg‘ular muzeyi 0+” xalqaro har yillik anjumani “Garaj” zamonaviy sanʼat muzeyining inklyuziv dasturlar jamoasi tashabbusi bilan professional hamjamiyat doirasida tajriba almashish va inklyuziv loyihalarni ishlab chiqishning turli ssenariylarini muhokama qilish maqsadida tashkil etilgan. Bu yil ishtirokchilar tarkibi ilk bor ochiq tanlov davomida jamlangan arizalar asosida shakllantirildi.

Anjuman Markaziy Osiyo, Yevropa, AQSH, Tailand va Rossiyadan tashrif buyurgan muzey xodimlari, muallim, uslubchi, rassom va boshqa mutaxassislarning nazariy va amaliy tajribalarini birlashtiradi. Anjuman mavzusi “Bolalar va o‘smirlar bilan ishlashda inklyuziv amaliyotlar” bo‘ladi.

Tadbir 19−21-aprel kunlari Toshkentdagi Respublika bolalar kutubxonasida boʻlib oʻtadi.

Anjuman dasturi to‘rt mavzudan iborat shoʻbalarga bo‘lingan:

  1. turli kechinmali bolalar va o‘smirlarga moʻljallangan loyihalarda norasmiy (muqobil, radikal) pedagogikaning uslub va yondashuvlari;
  2. adabiyot, multfilm, kino sanoatlari, ko‘rgazma loyihalari va boshqa bolalar hamda o‘smirlar uchun loyihalarda xilma-xillik va boshqachalikni namoyon etish;
  3. nogironligi bor bolalarga ta’lim berish rasmiy va tajriba-sinovlarga asoslangan sovet amaliyotlarining hozirgi zamonga ta’siri;
  4. madaniyatda bolalar inklyuziv loyihalari konstruktori: mavqe egallash va leksikasidan tortib materiallarni tanlash va tinglovchilarni jalb etishgacha.
  5. Anjuman inklyuziya va qulay muhit yaratish sohasida faoliyat olib borayotgan ham tajribali, ham endigina faoliyatini boshlagan xodimlar va tashkilotlar uchun qiziqarli bo‘ladi. 19−20-aprel kunlari ma’ruza va muhokamalar shaklida professional hamjamiyat uchun uchrashuvlar o‘tkaziladi. Anjumanning oxirgi kuni 21-aprel bolalar va oilaviy inklyuziv tadbirlari, barcha xohlovchilar qo‘shilishi mumkin bo‘lgan, mahorat darslari, o‘yinlar va kitoblar mutolaasiga bag‘ishlanadi.

Bu yilgi anjumanning muhim maqsadlaridan biri tashabbuslari Markaziy Osiyo mintaqasi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan yetakchi mutaxassislar o‘rtasida faol hamkorlik qilish uchun maydonni yaratishdan iborat.

Xalqaro tajriba almashish lozim, chunki mutaxassislar hamfikrlarning qo‘llab-quvvatlashiga muhtoj bo‘lib turgan bir vaqtda, ko‘plab tashabbuslar yakka holda yashab kelmoqda. Inklyuziya deganda anjuman jamoasi jamiyatdagi xilma-xillikni qo‘llab-quvvatlash, jismoniy va axborot qulayliklarini ta’minlash, muhitning o‘zi o‘zgarishi bilan bog‘liq amaliyotlar to‘plami, shuningdek, barcha tur va shakldagi istisno va kamsitishlarni yengib o‘tish bo‘yicha tashabbuslarni tushunadi.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ