Anons

Respublika bolalar kutubxonasida Kino kuni

E’lon qilingan sana· 109
Respublika bolalar kutubxonasida Kino kuni

Respublika bolalar kutubxonasida Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti Toshkent filiali bilan hamkorlikda kino kuni bo‘lib o‘tadi.

Jadval:

Majlislar zali:

Soat 11:00 dan 12:00 gacha — “O‘zbekiston davlat konservatoriyasi konsertmeysterlik mahorati kafedrasi talabalaridan fortepiano musiqasi konserti”.

Dasturda xorijiy bastakorlar Volfgang Amadey Motsart, Yozef Gaydn, Zdenek Fibix, Frans Shubert, Lyudvig van Betxoven, Sergey Taneyev, Dmitriy Milov, Mixail Glinkaning duet va triolari yangraydi.

Yosh: 5+.


Kichik transformer zali:

11:00 dan 12:30 gacha — “O‘smirlar va kattalar uchun ssenariy ustaxonasi”.

Ishtirokchilar akademik, xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi Odelsha Agishev ishtirokida o‘z kasbining usta ssenariychilari nima bilan shug‘ullanashlarini tahlil qiladi. Voqea mazmunini qanday rivojlantirish, qahramonlarni ishlab chiqib, dramatik burilishlarni qanday yasashni bilib oladi. G‘oyalarni hikoyaga aylantirishni o‘rganib, qisqa metrajli film ssenariysini yozishga urinib ko‘radi.

Tillar: oʻzbek va rus.
Yosh: 12+.


13:00 dan 14:30 gacha — “O‘smirlar va kattalar uchun kadrlar ketma-ketligini yaratish ustaxonasi”.

Ishtirokchilari sahnalashtiruvchi rassom Erkin Xushmatov hamda sahnalashtiruvchi operator Umid Malikov bilan birgalikda ssenariyni vizuallashtirish va suratga olish joylarini tanlashni o‘rganadu,

Tillar: oʻzbek va rus.
Yosh: 12+.


Amfiteatr:

19:30 dan 21:00 gacha — “Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti kino to‘garagining kutubxonadagi ilk yig‘ilishi”.

Ishtirokchilar ekstremal sharoitda suratga olish haqida suhbatlashadi hamda yosh rejissyorlarning qisqa metrajli filmlarini tomosha qiladi.

Rejissyor Yusup Roziqov ustaxonasi talabalari 10 kun davomida Arktika bo‘ylab sayohat qilib, qiziqarli qahramonlarni izlashgan, Shimolning maishiy turmushi, an’analari va madaniyatini o‘rganishgan. Yog‘och odam, Sibir azoni va hayot yo‘lining so‘nggi manzili haqida umumiy 5 ta ijodiy ish yaratilgan. Ularning har birini muallif kutubxona hovlisidagi yozgi kinoteatrda namoyish etadi, barcha filmlar tomosha qilingach esa savol-javoblar vaqti bo‘lib o‘tadi.

Til: rus.
Yosh: 16+.


Ishtirok etish bepul.
Oʻrindiqlar soni cheklangan. Ushbu havola orqali roʻyxatdan oʻtish talab qilinadi.

    Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
    Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
    Muassis: «Afisha Media» MChJ
    Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
    Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
    © 2005-2024 Afisha.uz
    «Afisha Media» MChJ