2024–2025 o‘quv yili uchun maktabga qabul sanasi e’lon qilindi

E’lon qilingan sana· 1 298
2024–2025 o‘quv yili uchun maktabga qabul sanasi e’lon qilindi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi ota-onalarga bolalarni birinchi sinfga qabul qilish qoidalarini eslatib, Oʻzbekistondagi maktablarga hujjatlarni qabul qilish sanasini maʼlum qildi.

2024−2025 o‘quv yili uchun birinchi sinfga hujjatlarni qabul qilish 20-iyundan boshlanadi.

Bolalarni birinchi sinfga qabul qilish jarayoni ikki bosqichda amalga oshiriladi:

  • 20-iyundan 31-iyulgacha mikrozona doirasida;
  • 1-avgustdan 15-avgustgacha mikrozonadan tashqarida.

Birinchi sinfga qabul qilish jarayoni ushbu havolada koʻrsatilgan tuman va shaharlarda davlat xizmatlari orqali elektron shaklda amalga oshiriladi. 20-iyundan boshlab ota-onalar my.maktab.uz elektron platformasi orqali roʻyxatdan oʻtishlari va ariza topshirishlari mumkin.

Davlat xizmatlari elektron shaklda ko‘rsatilmaydigan hududlarda birinchi sinfga qabul qilingan o‘quvchilarning ma’lumotlari Maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi vazirligining elektron tizimiga adm.maktab.uz'ga kiritiladi.

Shuningdek, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi “Taʼlim toʻgʻrisida"gi qonunni eslatib oʻtdi, unga koʻra, bolalar maktabga faqat yetti yoshga toʻlgan yilda qabul qilinadi. Ya’ni, 2024-yilda faqat 2017-yil 31-dekabrgacha tugʻilgan bolalar birinchi sinfga qabul qilinadi.


Maktabga qabul jarayoni boʻyicha qoʻshimcha maʼlumotlarni vazirlikning Call-markazi (+998) 71−203−0704 orqali olishingiz mumkin.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ