Statistika: oxirgi 5 yilda oʻzbekistonliklar IELTS'dan qanday natijalar qayd etgan?

E’lon qilingan sana· 696
Statistika: oxirgi 5 yilda oʻzbekistonliklar IELTS'dan qanday natijalar qayd etgan?

Oʻzbekistonlik yoshlarning 2020−2024-yillarda topshirgan IELTS imtihoni natijalariga oid statistika e’lon qilindi. Bu ma’lumot bilan Yoshlar ishlari agentligi rahbari Alisher Sa’dullayev oʻz Telegram kanalida boʻlishdi.

Unga ko‘ra, IELTS imtihonidan 5,5 va undan yuqori ball olgan yoshlar soni 2020-yilda 10 152 nafarni tashkil etgan bo‘lsa, 2024-yilda 52 706 nafarga yetgan. Ya’ni 4 yilda 5 barobarga o‘sish kuzatilgan.

Shuningdek, 7−8 ball (C1 daraja)ni qo‘lga kiritganlar soni 2020-yilda 1807 nafarni tashkil etgan bo‘lsa, 2024-yil holatiga 13 424 nafarni tashkil etmoqda. O‘z navbatida bu 7,4 barobarga o‘sish kuzatilganini anglatadi.

8,5−9 ball (C2 daraja)ga erishganlar soni esa 2020-yilda 14 nafar bo‘lgan, 2024-yil holatiga esa ularning soni 332 nafarga yetgan.

Oʻzbekistonliklarning IELTS natijalari bilan quyidagi statistikada tanishishingiz mumkin.