"Yovvoyi robot" multfimli "Annie Awards"da 9 ta mukofot oldi

E’lon qilingan sana· 590
"Yovvoyi robot" multfimli "Annie Awards"da 9 ta mukofot oldi

AQShning Los-Anjeles shtatida “Annie Awards” taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Unda “Yovvoyi robot” animatsion fimli 9 ta yoʻnalishda eng yaxshi boʻldi.

Xususan, multkartina “Eng yaxshi to‘liq metrajli film”, “Eng yaxshi rejissyorlik ishi” va “Eng yaxshi saundtrek” nominatsiyalarini qoʻlga kiritdi. Bundan tashqari, u “Eng yaxshi personaj dizayni”, “Eng yaxshi personaj animatsiyasi”, “Eng yaxshi FX”, “Eng yaxshi dizayn”, “Eng yaxshi dublyaj” va “Eng yaxshi muharrirlik ishi” yoʻnalishlarida ham mukofotlarga loyiq koʻrildi.

Shuningdek, “Oqim” multfilmi ham yaxshi natijalar ko‘rsatib, ikkita mukofot — “Eng yaxshi mustaqil to‘liq metrajli film” va “Eng yaxshi ssenariy” nominatsiyasida g‘olib chiqqan.

Televizion nominatsiyalarning absolyut g‘olibi sifatida “Arkeyn” loyihasi e’tirof etildi. Multfilm nomzodi qo‘yilgan barcha nominatsiyalarda tengsiz deb topildi. Ular ichida “Animatsion serial uchun eng yaxshi rejissyorlik ishi” va “Qahramonlarning eng yaxshi animatsiyasi” nominatsiyalarida g‘olib bo‘ldi.

“Annie Awards 2025” asosiy g‘oliblari:

  • Eng yaxshi to‘liq metrajli multfilm: “Yovvoyi robot”;
  • Eng yaxshi mustaqil va to‘liq metrajli multfilm: “Oqim”;
  • Eng yaxshi qisqa metrajli animatsion film — “Orion va zulmat”;
  • Eng yaxshi rejissyorlik ishi — “Yovvoyi robot”;
  • Eng yaxshi ssenariy — “Oqim”;
  • Eng yaxshi ovoz aktyori/aktrisasi — Lupita Niongo (“Yovvoyi robot”);
  • Animatsion serial uchun eng yaxshi rejissyorlik ishi — “Arkeyn”;
  • Multfilmdagi eng yaxshi qahramon animatsiyasi — “Arkeyn”;
  • Filmdagi eng yaxshi qahramon animatsiyasi — “Maymunlar sayyorasi: Yangi qirollik”;

Eslatib oʻtamiz, “Yovvoyi robot” Oskar mukofotida ham “Eng yaxshi animatsion film” nominatsiyasida nomzod sifatida koʻrsatilgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling