Yozda “Toshkent shahar hokimligi a’lochisi” onlayn olimpiadasi bo‘lib o‘tadi

Poytaxt hokimligi tomonidan 1−11 sinf o‘quvchilari o‘rtasida matematika va ingliz tili fanlari bo‘yicha “Toshkent shahar hokimligi a’lochisi” onlayn olimpiadasi o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Har bir sinfdan 10 nafar o‘quvchi g‘olib deb topiladi.
Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad yoshlarning intellektual salohiyatini rivojlantirish, shuningdek, iqtidorli talabalarni aniqlash va rag‘batlantirishdan iborat.
Olimpiada bir necha bosqichda o‘tkaziladi:
- saralash bosqichi (onlayn) — 7−17 iyul;
- tuman bosqichi (onlayn) — 27-iyuldan avgustgacha;
- yakuniy bosqich (oflayn) — 17−27 avgust;
- g‘oliblarni taqdirlash marosimi — 7-sentabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Gʻoliblar uchun sovgʻalar:
- 1-oʻrin — kompyuter;
- 2-oʻrin — planshet;
- 3-oʻrin — telefon;
- 4−10 oʻrinlar — qimmatbaho sovgʻalar.
Shuningdek, eng yaxshi natija ko‘rsatgan o‘quvchilarning o‘qituvchilariga kompyuter sovg‘a qilinishi ma’lum qilindi.
Onlayn olimpiadada qatnashish uchun nomzodlar Testbor.uz veb-saytida yoki @testboruz_bot Telegram bot’ida ro‘yxatdan o‘tishi kerak.
Olimpiada Toshkent shahar hokimligi tomonidan Turin politexnika universiteti bilan hamkorlikda tashkil etiladi.