Maktablarda 2025-2026 o‘quv yilining boshlanish sanasi e’lon qilindi
E’lon qilingan sana: · 81

2-sentabrdan O‘zbekistondagi barcha umumta’lim maktablarida yangi o‘quv yili boshlanadi .
Birinchi dars “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida “Kelajak soati” mavzuli dars formatida o‘tkaziladi.
Bu yil 738 mingdan ortiq 1-sinf o‘quvchilari ilk bor o‘z partalariga o‘tirishadi. Shu munosabat bilan ularga 12 turdagi o‘quv qurollarini o‘z ichiga olgan “Prezident sovg‘asi” tantanali ravishda topshiriladi.