Toshkentda yangi o‘quv yilida yarim milliondan ortiq o‘quvchi maktabga chiqdi
E’lon qilingan sana: · 167

Toshkentda 2-sentabr kuni yangi 2025/2026 o‘quv yili boshlandi. Toshkent shahridagi 326 ta umumta’lim maktablari va nodavlat ta’lim muassasalarida jami 505 ming 573 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda.
Bu yil 57 ming 439 nafar bola birinchi sinfga qabul qilindi. Ulardan 50302 nafari davlat taʼlim muassasalariga, 5114 nafari nodavlat taʼlim muassasalariga qabul qilingan. Birinchi sinf o‘quvchilariga o‘quv qurollaridan iborat an’anaviy “Prezident sovg‘asi” topshirildi.
Poytaxtdagi 8 ta maktabda qurilish-ta'mirlash ishlari dars boshlanishiga qadar yakuniga yetmagan. Mazkur maktablarning o‘quvchilari vaqtincha yaqin atrofdagi ta’lim muassasalariga tarqatilgan.