O‘zbekistonda maktablar 12 yillik ta’lim tizimiga o‘tadi

Mamlakatda 12 yillik umumiy ta’lim tizimiga o‘tish rejalashtirilmoqda. Mavjud tizimga qoʻshimcha bosqich sifatida maktab tizimiga olti yoshli bolalar uchun tayyorlov yilining kiritilishi rejalashtirilgan.
Maktabgacha taʼlim va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari Sardor Rajabov mazkur qaror milliy tizimni xalqaro standartlarga yaqinlashtirish va xorijiy oliy oʻquv yurtlariga oʻqishga kirishdagi toʻsiqlarni bartaraf etishga xizmat qilishini tushuntirdi. Hozirda O‘zbekiston bitiruvchilari bir yil davomida tayyorgarlik kurslarida o‘qishga majbur bo‘lmoqdalar, biroq 12 yillik ta’limga o‘tishdan so‘ng to‘g‘ridan-to‘g‘ri bakalavriatga o‘qishga kirishlari mumkin bo‘ladi.
Loyihaga ko‘ra, maktab ta’limining yangi tuzilmasi quyidagicha bo‘ladi:
- 1 yillik maktabga tayyorlov va va 4 yillik boshlang‘ich ta’lim;
- 5 yillik asosiy oʻrta taʼlim (5−9-sinflar);
- 2 yillik umumiy oʻrta taʼlim (maktab, akademik litsey, texnikum yoki harbiy bilim yurtlari).
Yangi tizimga oʻtish uchun “Ta'lim to‘g‘risida"gi va “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida"gi qonunlarga o‘zgartirishlar kiritish talab qilinadi. Shuningdek, PISA 2022 tadqiqotida eng yaxshi natijalarni ko‘rsatgan mamlakatlarning 85 foizida maktab ta’limi 12 yil davom etishi qayd etilgan.
Rajabov, shuningdek, bilimlarni baholash tizimini birlashtiruvchi va oliy o‘quv yurtlariga qabulning shaffoflikni oshirishda komaklashuvchi Yagona davlat imtihonini (YADI) joriy etish rejalarini ham ma’lum qildi.