Buxoro biennalesi doirasida bolalar uchun tadbirlar tashkil etildi

Buxoroda o‘tayotgan zamonaviy san’at birinchi biennalesi doirasida Respublika bolalar kutubxonasi maxsus pop-up pavilyon tashkil etdi. Ushbu loyiha O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi ko‘magida amalga oshirilgan.
Bu yerda bolalar kitob o‘qishlari, multfilmlar tomosha qilishlari, ijodiy ustaxonalar va boshqa qiziqarli mashg‘ulotlarda ishtirok etishlari mumkin.
Pavilyon Buxarodagi “Pochchoqul Xo‘ja” masjidi binosida joylashgan bo‘lib, u yerda o‘zbek va ingliz tillaridagi 3000 dan ortiq kitoblar to‘plami mavjud.
Shuningdek, har hafta stol o‘yinlari, multfilm namoyishlari, bolalar kitob klubi, erkin ijod ustaxonalari va biennale ekskursiyalari o‘tkaziladi. Tadbirlar seshanbadan yakshanbagacha soat 9:00 dan 20:00 gacha davom etadi. Dushanba dam olish kuni. Tadbirlar jadvali maxsus Telegram kanalida e’lon qilib boriladi.
Kirish bepul.