O‘zbekiston maktablarida qishki ta’til kunlari e’lon qilindi

E’lon qilingan sana· 314
O‘zbekiston maktablarida qishki ta’til kunlari e’lon qilindi

O‘zbekistonda 2025−2026 o‘quv yilida umumta’lim maktablarida qishki ta’til 28-dekabrdan boshlanadi.

1−4-sinf o‘quvchilari uchun dam olish bir kun oldinroq — 27-dekabrda boshlanadi, chunki bu sana shanbaga to‘g‘ri keladi.

Ta’til 2026-yil 10-yanvargacha davom etib, jami 14 kalendar kunni tashkil etadi.

11-yanvar yakshanba kuniga to‘g‘ri kelganligi sababli, III chorak darslari 2026-yil 12-yanvardan boshlanadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling