Anons
"Фабрика Деда мороза" spektakli
E’lon qilingan sana: · 116

Milliy kino san’ati saroyida “Фабрика Деда мороза” spektakli namoyish etiladi.
Kutilmaganda, fabrikada sirli Yozgi jodugar paydo bo‘ladi. U yangi yil sehrini o‘g‘irlashga va bayramni boshqa hech qachon bo‘lmasligi uchun harakat qilishga qaror qilgan. Jodugar hiyla bilan Qorbobodan xotirasini tortib oladi va sayyoraning bosh sehrgari bo‘lishni istaydi.
Ammo unga sodiq yordamchilar — Qizil va Yashil Qorbolalar, shuningdek, mehribon Qorqiz qarshilik ko‘rsatadi. Ular zaldagi bolalar bilan birgalikda bayramni qutqarish, Qorbobo xotirasini va Yangi yilni yana yerga qaytarish uchun yo‘lga chiqadilar!
Chiptalar narxi: 50 000 soʻmdan 300 000 soʻmgacha.
Murojaat uchun telefonlar: (+998) 71−207−1071, (+998) 71−207−2072.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling