O‘zbekistonda ilk 3D to‘liq metrajli multfilm taqdim etiladi

E’lon qilingan sana· 463
O‘zbekistonda ilk 3D to‘liq metrajli multfilm taqdim etiladi

25-dekabr kuni “Sehrlandiya: qahramonlik missiyasi” nomli ilk 3D formatdagi to‘liq metrajli animatsion filmning premyerasi bo‘lib o‘tadi. Mazkur loyiha Bolalar kontentini rivojlantirish markazi tomonidan ishlab chiqilgan.

Ta’kidlanishicha, film syujeti do‘stlik, yovuzlikka qarshi birgalikda kurashish, qo‘rquvni yengish va jasorat, yaxshilik hamda yomonlik o‘rtasidagi azaliy jang singari mavzulardan iborat.

Ushbu multfilm mahalliy animatsiya yo‘nalishidagi yangi tajribalar uchun asos yaratishi, bolalar kontenti sifatini oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Multfilm qahramonlariga ovoz berishda mashhur aktyor Alisher Uzoqov, Jahongir Xoʻjayev, mitti.me vayn jamoasi a’zolari Ulugʻbek va Abdurahim hamda dublyaj ustasi Badriddin Husniddinovlar ishtirok etgan.

Hozircha uning saundtreki taqdim etildi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling