Maktablarda 1-sinfga qabul 20-iyundan boshlanadi

E’lon qilingan sana· 190
Maktablarda 1-sinfga qabul 20-iyundan boshlanadi

Maktablarda 2026/27-oʻquv yili uchun birinchi sinfga qabul jarayonlari 20-iyun kunidan boshlanadi. Bu haqda “Xalq ta’limi info” xabar berdi.

Qayd etilishicha, bu yilda 795 mingdan ortiq bolalarni birinchi sinfga qabul qilish rejalashtirilgan. 2026/27-o‘quv yilida ham, odatdagidek, 1-sinfga bolalar ular yetti yoshga to‘ladigan (2019-yilning 31-dekabr kunigacha tug‘ilgan) yilda qabul qilinadi.

Ta’kidlanishicha, qabul jarayoni ikki bosqichda oʻtkaziladi. birinchi bosqich 20-iyundan 31-iyulgacha boʻlib, unda arizalar biriktirilgan hudud doirasida qabul qilinadi. Bu “my.maktab.uz” sayti orqali amalga oshiriladi.

Shuningdek, 10-avgustgacha 1-sinfga qabul qilingan bolalar uchun 12 nomdagi o‘quv qurollaridan iborat Prezident sovg‘alari tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlariga to‘liq yetkaziladi.

Bundan tashqari, qabul jarayonida har qanday muammo yuzaga kelganda (+998) 71−203−0704 va (+998) 71−203−0403 raqamlariga qoʻngʻiroq qilish mumkin.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling