Toshkent maktablarida yozgi oromgohlar ochildi

E’lon qilingan sana· 260
Toshkent maktablarida yozgi oromgohlar ochildi

Toshkent shahrining barcha 12 tumanida joylashgan 47 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabi bazasida yozgi sog‘lomlashtirish maydonchalari ish boshladi.

Maydonchalarda o‘quvchilarning yozgi ta’tilini mazmunli tashkil etish maqsadida turli ijodiy, intellektual va sport mashg‘ulotlari yo‘lga qo‘yilgan. Dasturlar bolalarning bo‘sh vaqtini samarali o‘tkazishi hamda qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan.

Qulaylik yaratish maqsadida Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan @yozgimaydoncha_bot Telegram-boti ishga tushirildi.

Bot orqali yozgi maydonchalar joylashuvi, ularning faoliyat yo‘nalishlari va mashg‘ulotlar jadvali haqida ma’lumot olish mumkin. Shuningdek, foydalanuvchilar zarur ma’lumotlarni tezkor va qulay tarzda qo‘lga kiritishlari mumkin.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling