Anons

Ribambelle’da shaxmat kursi va bolalar musobaqasi

E’lon qilingan sana· 54
Ribambelle’da shaxmat kursi va bolalar musobaqasi

Ribambelle restorani Sky Chess maktabi bilan hamkorlikda 5−10 yoshli bolalar uchun shaxmat dasturini tashkil etadi.

Mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilar shaxmat asoslari, o‘yin qoidalari va dastlabki taktikalarni o‘rganib, so‘ng ilk do‘stona turnirda ishtirok etadi.

Mashg‘ulotlar 20−22-iyul kunlari 12:00—13:00 oralig‘ida bo‘lib o‘tadi.

Turnir 23-iyul kuni 11:00—15:00 da tashkil etiladi. Finalchilar medal, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

Ishtirok etish narxi: 450 000 so‘m.

Ma’lumot uchun telefon: (78) 113−64−04.

Jadval

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling