Anons

Respublika bolalar kutubxonasi to‘garaklari

E’lon qilingan sana· 28
Respublika bolalar kutubxonasi to‘garaklari

Respublika bolalar kutubxonasi iyul oyida bolalar, o‘smirlar va kattalar uchun kitob mutolaasi, stol o‘yinlari, shaxmat, sahna nutqi, robototexnika, raqamli savodxonlik hamda boshqa mavzuli to‘garaklarni tashkil etadi. Mashg‘ulotlar o‘zbek, rus va ingliz tillarida o‘tkaziladi. Ishtirok etish bepul, biroq oldindan ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.

25-iyul, Juma

  • 18:30−20:00 — Diyora Ahmedova bilan Anna Lyovenxaupt Tsingning “Dunyo chetidagi qo‘ziqorin. Kapitalizm xarobalarida hayot kechirish imkoniyati haqida” kitobi muhokamasi;
    Yosh chegarasi: 16+
    Tili: rus

26-iyul, Shanba

  • 13:00−14:00 — Shahzoda Jo‘rayeva bilan Yoxanna Spirining “Xaydi” kitobi mutolaasi va muhokamasi;
    Yosh chegarasi: 6−10 yosh
    Tili: o‘zbek
  • 14:00−15:00 — Shahobiddin Rasulov bilan shaxmat to‘garagi;
    Yosh chegarasi: 6−10 yosh
    Tili: o‘zbek, rus
  • 16:00−17:30 — Stol o‘yinlari to‘garagi: “Karkasson: Junior”, “Sichqonvoylar belanchagi”, “Grogu va qurbaqalar poygasi”;
    Yosh chegarasi: 6−10 yosh
    Tili: o‘zbek, rus

27-iyul, Yakshanba

  • 13:30−14:00 — Laziza Tursunova bilan Helen Kellokning “O‘rmondagi yulduz” kitobi mutolaasi;
    Yosh chegarasi: 6−10 yosh
    Tili: ingliz
  • 16:00−17:30 — O‘smirlar uchun stol o‘yinlari to‘garagi: “O‘rmon sirlari”, “Mitti odamlar: qirollikni qishga tayyorla”;
    Yosh chegarasi: 11 yoshdan
    Tili: o‘zbek, rus

31-iyul, Juma

  • 11:00−11:30 — Iroda Oripova bilan Sam Taplinning “Play hide & seek with bee” kitobi mutolaasi;
    Yosh chegarasi: 5 yoshgacha
    Tili: ingliz
  • 18:30−20:00 — Diyora Ahmedova bilan Anna Lyovenxaupt Tsingning “Dunyo chetidagi qo‘ziqorin. Kapitalizm xarobalarida hayot kechirish imkoniyati haqida” kitobi muhokamasi;
    Yosh chegarasi: 16+
    Tili: rus

Kirish bepul.

Tadbirlarda ishtirok etish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi. Joylar soni cheklangan.

Jadval

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling