Anons
Cook Book’da yozgi pazandachilik oromgohi
E’lon qilingan sana: · 676

Cook Book bolalar uchun yozgi pazandachilik oromgohiga taklif etadi.
Olti kun davomida ishtirokchilar oltita yangi menyu bo‘yicha taom tayyorlashni o‘rganadi. Yosh oshpazlar mahsulotlar bilan ishlashni amalda sinab ko‘radi va har kuni o‘zlari tayyorlagan taomlar hamda retseptlarni uyiga olib ketadi. Dasturga har kuni bitta asosiy taom va bitta desert yoki ichimlik kiradi.
Dastur:
- 1-kun — “Alfredo” pastasi va ays-ti;
- 2-kun — tuzli kekslar va tvorogli blinchiklar;
- 3-kun — tovuq kotletlari, fri kartoshkasi va moxito;
- 4-kun — tiramisu va stakandagi desert;
- 5-kun — grek salati va pechda pishirilgan tovuq soni;
- 6-kun — pitsa va pops-muzqaymoq.
Mashg‘ulotlar ikki guruhda — 12:00 va 15:00 da o‘tkaziladi. Joylar soni cheklangan, oldindan ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.
Ishtirok narxi: 980 000 so‘m.
Ro‘yxatdan o‘tish uchun telefonlar: (+998) 99−899−9004, (+998) 71−241−9004.
Jadval
3dan 8-avgustgacha
12:00
Toshkent, Zulfiya Honim ko‘ch., 18