Anons
“Zolushka” musiqiy ertagi
E’lon qilingan sana: · 19

Musiqali komediya (Operetta) teatrida “Zolushka” musiqiy ertagi namoyish etiladi.
Spektakl Yevgeniy Shvars pyesasi asosida N. Salixova tomonidan sahnalashtirilgan. U o‘gay onasi va ikki o‘gay singlisi bilan yashaydigan mehribon va mehnatkash qiz haqidagi bolalikdan tanish hikoyaga asoslangan.
Spektakl 50 daqiqa davom etadi, yosh toifasi — 3+.
Chiptalar narxi 44 000 so‘mdan boshlanadi.
Murojaat uchun: (+998) 71−273−8591.
Chiptalar — teatr kassasi va gtickets.uz'da.