Anons

“Alovuddin” bolalar musiqiy ertagi

E’lon qilingan sana: · 178
“Alovuddin” bolalar musiqiy ertagi

O‘zbekiston davlat musiqali komediya (operetta) teatrida bolalar uchun “Alovuddin” musiqiy ertagi namoyish etiladi.

Kambag‘al yigit sehrli chiroq topib, undan jin chiqaradi va malikaning mehrini qozonish uchun yo‘lga chiqadi. Bu orada ayyor vazir o‘z rejalarini amalga oshirishga urinadi. Sharqona ertak qo‘shiqlar, raqslar va yorqin liboslar bilan namoyish etiladi.

Spektakl davomiyligi — 50 daqiqa. Yosh cheklovi — 3+.

Chiptalar narxi: 44 000 so‘mdan 55 000 so‘mgacha.

Jadval va chiptalar

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling