Anons

Oilaviy kino festivali

E’lon qilingan sana: · 192
Oilaviy kino festivali

Respublika bolalar kutubxonasida sentyabr oyining so‘nggi dam olish kunlarida oilaviy kino festivali bo‘lib o‘tadi.

Festival dasturidan ochiq havodagi kino namoyishlari, arxiv va kinostudiyalarga sayohatlar, aktyorlik ustaxonasi, kino tili bo‘yicha mashg‘ulot hamda film tahliliga bag‘ishlangan uchrashuvlar o‘rin olgan.

Dastur:

25-sentyabr

  • 10:30−12:30 — O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlari Milliy arxiviga sayohat, 8+;
  • 16:30−18:00 — Kino san’ati muzeyi va “Panorama” kinoteatriga sayohat, 8+;
  • 19:00−20:00 — “Qo‘zichoq, nay va qaroqchi bo‘rilar” multfilmi namoyishi.

26-sentyabr

  • 14:00−15:00 — Aktyorlik ustaxonasi, 10+;
  • 15:00−17:00 — BDKU va “O‘zbekfilm” kinostudiyasiga sayohat, 6+;
  • 19:00−20:00 — O‘smirlar uchun kino to‘garagi va “Sichqonlar malikasi” multfilmi namoyishi.

27-sentyabr

  • 14:00−15:00 — Kino tili bo‘yicha oilaviy ustaxona, 8+;
  • 16:00−17:00 — Film tahlili bo‘yicha ma’ruza, 12+;
  • 19:00−20:30 — Fransuz multfilmlari namoyishi: “Lola va shovqinli pianino” va “Dragonvilda bir kun”.

Joylar soni cheklangan. Oldindan ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.

Jadval

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling