Anons

“Piter Pen” bolalar musiqiy spektakli

E’lon qilingan sana: · 175
“Piter Pen” bolalar musiqiy spektakli

O‘zbekiston davlat musiqali komediya (operetta) teatrida bolalar uchun “Piter Pen” musiqiy spektakli namoyish etiladi.

Katta bo‘lishni istamaydigan bola Vendi va uning ukalarini feyalar, hindular hamda kapitan Kryuk qaroqchilari yashaydigan Netlandiyaga olib ketadi. Teatr Jeyms Barrining hikoyasini parvozlar, qo‘shiqlar va raqslarga boy musiqiy ertak tarzida sahnalashtiradi.

Spektakl davomiyligi — 50 daqiqa. Yosh cheklovi yo‘q.

Chiptalar narxi: 44 000 so‘mdan 55 000 so‘mgacha.

Jadval va chiptalar

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling