Anons
Bolalar uchun “Qizaloq va maymoq” yangi yil shousi
E’lon qilingan sana: · 115

Temiryo‘lchilar madaniyat saroyida Animaccord — dunyoga mashhur animatsion serial mualliflari litsenziyasi asosida yaratilgan rasmiy yangi yil shousi “Qizaloq va maymoq” namoyish etiladi.
Dasturda:
- yo‘qolgan shirinliklar va yangi yil archasini izlash haqidagi qiziqarli detektiv ertak;
- spektakl syujetiga uyg‘unlashtirilgan sirk va illyuziya namoyishlari;
- musiqiy va raqs chiqishlari, tomoshabinlar bilan interaktiv o‘yinlar;
- multserialning litsenziyalangan qahramonlari bilan uchrashuv va qishki bayram muhiti.
Chiptalar narxi: 100 000 so‘mdan 350 000 so‘mgacha.