Toshkentda robototexnika kurslari, rassomchilik va shaxmat: Just Robotics o‘quv markazi qanday ishlaydi?

Toshkentdagi Just Robotics bolalar o‘quv markazi robototexnikadan tortib xorijiy tillar hamda rassomchilikni o‘z ichiga olgan oltita yo‘nalish bo‘yicha qishki qabulni boshladi. Mashg‘ulotlar ikkita filialda olib boriladi, yangi o‘quvchilar uchun esa sinov darslari ko‘zda tutilgan.
1-noyabrdan Toshkentdagi bolalar o‘quv markazi Just Robotics qishki qabulni boshladi. Markazda oltita yo‘nalish bor: bolalar uchun robototexnika, Just Art rassomchilik maktabi, kattalar uchun rassomchilik kurslari, shaxmat to‘garagi, ingliz va xitoy tili. Ko‘pchilik ota-onalar maktabdan keyin bolaga foydali va qiziqarli mashg‘ulot izlaydi. Biz darslar qanday o‘tilishini, narxlarni va sinov darsiga qanday yozilishni bilib oldik.
Markaz 2018-yildan beri Toshkentda faoliyat yuritadi. Davlat litsenziyasi № 6391917, yuridik shaxs NTM Just Edu Group. Hozir bu yerda 500 dan ortiq o‘quvchi tahsil oladi, ular bilan 25 nafar o‘qituvchi ishlaydi. Filiallar ikkita: Yunusobod (Ts-4) va Beruniy. Guruhlarda 10 nafargacha bola bo‘ladi, shuning uchun o‘qituvchi har biriga e‘tibor bera oladi.

Bitta markaz, oltita yo‘nalish
Bolalar to‘garaklari Toshkent bo‘ylab turli joylarda emas, bir binoda bo‘lsa, ota-onaga ancha qulay: kattasi robototexnikaga, kichigi rassomchilikka boradi, shahar bo‘ylab yugurish shart emas. Ba’zan bitta bola ikki yo‘nalishga birdan qatnaydi.

Qishki qabul: yangi narsani sinab ko‘rish vaqti
Hozir yozilish uchun yana bir sabab bor: oldinda qishki ta’til. Nazorat ishlari va uy vazifalari bo‘lmaganda bola sinov darsiga bemalol borib, nima yoqishini tushunib oladi va yangi chorakni o‘z guruhida boshlaydi. Qishki qabul oltita yo‘nalishning barchasida ochiq, administrator bo‘sh joy bor guruhni tanlab beradi.

Bolalar uchun robototexnika: Lego WeDo dan Arduino gacha
Just Robotics Toshkentda robototexnika kurslarini 5 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun olib boradi. Dastur bosqichma bosqich tuzilgan, bola esau bilan birga o‘sib boradi:
- Lego WeDo: 5−8 yosh, birinchi modellar va oddiy dasturlash;
- Scratch: 8−10 yosh, mantiq va vizual dasturlash;
- Lego Mindstorms NXT: 9−12 yosh, sensorli murakkabroq robotlar;
- Arduino: 13−18 yosh, elektronika va haqiqiy kod.
Dars bosqichga qarab 60 daqiqadan 80 daqiqagacha davom etadi. Birinchi darsdanoq bola modelni o‘zi yig‘adi va o‘zi dasturlaydi, o‘qituvchining ishini kuzatib o‘tirmaydi. Barcha to‘plamlar narxga kiradi, qo‘shimcha hech narsa sotib olish kerak emas. Darslar ish kunlari va dam olishkunlari bo‘lib o‘tadi, Lego WeDo guruhi esa faqat ish kunlari shug‘ullanadi. Robototexnika ikkala filialda hambor. Narxi oyiga 700 000 so‘m, birinchi sinov darsi bepul.
Toshkentda robototexnika kurslari: batafsil — havolada.

Bolalar uchun rassomchilik maktabi Just Art
Just Art rassomchilik maktabi bolalar uchun 6 yoshdan 14 yoshgacha mo‘ljallangan. Bolalar guash va akvarel bilan ishlaydi, rasm asoslari, kompozitsiya va rangni o‘rganadi. Mashg‘ulotlar haftasiga ikki marta, 90 daqiqadan, faqat ish kunlari o‘tadi. Rassomchilik maktabi ikkala filialda ham ishlaydi.
Tayyorgarlik talab qilinmaydi. Birinchi mahorat darsidayoq bola o‘z rasmini chiza oladi, hatto oldin hech qachon chizmagan bo‘lsa ham. Ushbu master klass shu yerdagi sinov darsi hisoblanadi, uning narxi 50 000 so‘m. Bir oylik o‘qish 700 000 so‘m.
Bolalar uchun rassomchilik maktabi: batafsil — havolada.

Kattalar uchun rassomchilik kurslari
Kattalar ham bu yerda o‘zlariga mashg‘ulot topadi. Kattalar uchun rassomchilik kurslari 18 yoshdan, noldan boshlanadi: rasm asoslari, kompozitsiya, akril, akvarel va moy bo‘yoq. Bu ko‘pdan beri boshlashni xohlagan, lekin “endi kech” yoki iqtidorim yo‘q deb o‘ylaganlar uchun format. Darslar haftasiga ikki marta, 90 daqiqadan, ish kunlari, faqat Yunusobod filialida. Narxi oyiga 700 000 so‘m, sinov darsi 50 000 so‘m.
Kattalar uchun rassomchilik kurslari: batafsil — havolada.

Shaxmat to‘garagi
Shaxmat to‘garagi 5 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun, noldan o‘rgatiladi. Markaz murabbiyi sport ustasi va musobaqalar sovrindori, qiziqib qolgan bolalarni turnirlarga tayyorlaydi. Shaxmat diqqatni, sabrni va bir necha yurish oldindan o‘ylashni o‘rgatadi, bu maktabda ham asqotadi.
Mashg‘ulotlar haftasiga ikki marta, 60 daqiqadan, ikkala filialda. Narxi oyiga 600 000 so‘m, birinchi dars bepul.
Shaxmat to‘garagi: batafsil — havolada.

Bolalar uchun ingliz tili
Bolalar uchun ingliz tili Toshkentda Just Robotics markazida 5 yoshdan boshlanadi. Dastur darajalar bo‘yicha: Beginner, Elementary, Pre-Intermediate, Intermediate. Bola qadam baqadam oldinga siljiydi, ota-ona esa farzandi hozir qaysi darajada ekanini aniq biladi. Darslar haftasiga ikki marta, 90 daqiqadan, faqat Yunusobodda. Narxi oyiga 600 000 so‘m, sinov darsi bepul.
Bolalar uchun ingliz tili Toshkent: batafsil — havolada.

Xitoy tili: Just Chinese
Just Chinese xitoy tili kurslari Toshkentda 5 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun. Dasturda pinyin, iyerogliflar, og‘zaki nutq va xalqaro YCT hamda HSK imtihonlariga tayyorgarlik bor. Darslar haftasiga ikki yoki uch marta, barcha materiallar narxga kiradi. Xitoy tili faqat Yunusobod filialida o‘qitiladi, narxi oyiga 800 000 so‘m, sinov darsi bepul.
Xitoy tili kurslari Toshkent: batafsil — havolada.

Bolaga to‘garakni qanday tanlash kerak
Adashmaslik uchun bir nechta oddiy maslahat.
Bolaning qiziqishidan boshlang. Konstruktor yig‘ishni yaxshi ko‘rsa, robototexnika mos keladi. Bo‘yoq va qog‘ozdan ajralmasa, rassomchilik. Qoidali o‘yinlar va bellashuvni yoqtirsa, shaxmat.
Yosh va bosqichlarga qarang. Yo‘nalishda aniq yo‘l bo‘lgani yaxshi: robototexnikada bu Lego WeDo dan Arduino gacha, ingliz tilida Beginner dan Intermediate gacha.
Guruh hajmiga e’tibor berish kerak. 10 nafargacha bo‘lgan guruhda o‘qituvchi har bir bolani ko‘radi va yordam berishga ulguradi.
Ko‘r ko‘rona tanlamaslik kerak. Bir oy uchun to‘lashdan oldin sinov darsi bolaga o‘qituvchi va fan yoqadimi, yo‘qmi, ko‘rsatib beradi.
Markazning malakali o‘qituvchilari har bir bolaga alohida yondashuv topadi, sinov darsida bunga o‘zingiz guvoh bo‘lish mumkin.
Ota-onalar fikri
“Bolalarim shaxmat va robototexnika to‘garaklariga borishadi, juda yoqadi, berayotgan bilimlaringizga katta rahmat. O‘g‘limga shaxmat juda yoqdi. Ingliz tiliga ham boraman, dedi”, — bo‘lishdi o‘quvchining onasi.
Narxlar:
- Robototexnika: oyiga 700 000 so‘m, to‘plamlar narxga kiradi;
- Bolalar uchun rassomchilik: oyiga 700 000 so‘m;
- Kattalar uchun rassomchilik: oyiga 700 000 so‘m;
- Shaxmat: oyiga 600 000 so‘m;
- Ingliz tili: oyiga 600 000 so‘m;
- Xitoy tili: oyiga 800 000 so‘m, materiallar narxga kiradi;
- Robototexnika, shaxmat, ingliz va xitoy tilida sinov darsi bepul, bolalar va kattalar rassomchiligida 50 000 so‘m.
Sinov darsi va yozilish
Sinov darsiga sayt orqali yozilish eng osoni hisoblanadi. Filialni va qulay vaqtni tanlang: “ish kunlari maktabdan keyin”, “dam olish kunlari tushlikkacha” yoki “dam olish kunlari tushlikdan keyin”. Administrator bo‘sh joyi bor guruhni tanlab, siz bilan bog‘lanadi. Telefon orqali yoki Telegramda yozib ham yozilish mumkin.
Narxlar, jadval va yozilish: batafsil — havolada.
Filiallar va aloqa:
- Yunusobod (Ts-4):
- barcha oltita yo‘nalish;
- telefon: (+998) 33−728−4444;
- manzil: Yunusobod tumani, Qashg‘ar massivi, 9. Abdulla Qodiriy metro bekatidan 5 daqiqa piyoda.
- Beruniy:
- robototexnika, shaxmat va bolalar rassomchiligi;
- manzil: Olmazor tumani, Forobiy ko‘chasi, 323;
- telefon: (+998) 33−718−4444.
Sayt: justgroup.uz
Instagram Robotics: @just.robotics
Instagram Just Art: @justart.uz
Instagram Just Chinese: @justchinese_uz
Reklama huquqlari asosida.