Anons
“Qorboboning qopi” yangi yil spektakli
E’lon qilingan sana: · 50

“Teatr+"da “Qorboboning qopi” nomli yangi yil interaktiv spektakli bo‘lib o‘tadi.
Syujet markazida sehrli sandiqdagi bayramona kayfiyatini yo‘qotgan sehrlangan o‘yinchoqlar turadi. Hikoya qahramonlari — Quvnoq oshpaz, Yangi yil archasi, Sho‘x qubbacha va Qorqiz yosh tomoshabinlar bilan birgalikda o‘zlarining asl qiyofalarini qaytarishga va bayramni saqlab qolishga harakat qiladi.
Dasturdan jonli ijrodagi qo‘shiqlar, raqs chiqishlari va interaktiv qismlar o‘rin olgan. Spektakl yakunida Qorbobo bilan uchrashuv hamda har bir bolaga sovg‘a topshirish rejalashtirilgan.
Davomiyligi: 80 daqiqa.
Yosh cheklovi: 4+.
Chiptalar narxi: 100 000 so‘mdan 160 000 so‘mgacha.
Murojaat uchun: (+998) 71−232−1652.