Anons
“Yangi yil qayerga g‘oyib bo‘ldi?” spektakli
E’lon qilingan sana: · 25

“Tomosha” bolalar musiqali teatrida “Yangi yil qayerga g‘oyib bo‘ldi? Qor malikasining siri” nomli yangi yil spektakli namoyish etiladi.
Kunlarning birida Yangi yil g‘oyib bo‘ladi. Yosh tomoshabinlar spektakl qahramonlari bilan birgalikda bayramni izlashga otlanadi. Ular Qor malikasining sirini ochadi, ertak qahramonlari bilan uchrashadi va turli sinovlardan o‘tadi. Spektaklda jonli ijro, musiqa va yorqin sahna obrazlari namoyish etiladi.
Yosh chegarasi: 3+.
Chipta narxlari: 75 000 so‘mdan 100 000 so‘mgacha.