Anons

Hamnafas inklyuziya va teng imkoniyatlar festivali

E’lon qilingan sana: · 86
Hamnafas inklyuziya va teng imkoniyatlar festivali

Respublika bolalar kutubxonasida uch kunlik Hamnafas inklyuzivlik va teng imkoniyatlar festivali bo‘lib o‘tadi. Dasturdan Niderlandiya, Daniya va Polshadan kelgan ekspertlar bilan uchrashuvlar, mahorat darslari, kitob klublari, bolalar va kattalar uchun ma’ruzalar hamda fransuz animatsiyasi kechasi o‘rin olgan.

Bu yerda bolalar va kattalar birga yashashni, bir-birini tinglashni va umumiy jihatlarni topishni o‘rganadi. Ulkan dunyoda o‘zingizni kichik qum zarrasidek yoki quyonlar orasidagi qurbaqadek his qilish tuyg‘usini qanday yengish, tayanch topish, boshqalardan farqli ekaningizni qabul qilish va atrofdagilar bilan aloqa o‘rnatish haqida suhbatlar bo‘ladi.

27-noyabr:

  • 11:00 — o‘zbek tilida kitob klubi, 0 yoshdan 5 yoshgacha;

  • 15:00 — Utrextdagi Miffi muzeyi kuratori Yolanda van den Berg ishtirokida “Bolalar va ularning ota-onalari uchun inklyuziv makonlar” mavzusida davra suhbati;

  • 18:00 — Yolanda van den Bergning “Bolalar uchun muzeyni qanday yaratish mumkin?” mavzusidagi ma’ruzasi.

28-noyabr:

  • 11:00 — Daniya milliy galereyasidan Maykl Hansen bilan 2 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun haykaltaroshlik bo‘yicha mahorat darsi;
  • 13:30 — ingliz tilida kitob klubi, 6 yoshdan 10 yoshgacha;
  • 15:00 — fandrayzer Olesya Radilova bilan “Loyiha uchun qo‘llab-quvvatlashni qanday topish mumkin?” mavzusidagi mahorat darsi;
  • 18:00 — Anastasiya Babichevaning “Sizni eshitishlari uchun qanday gapirish kerak?” mavzusidagi ma’ruzasi.

29-noyabr:

  • 12:00 — zoolog Yelizaveta Ignatyevaning “Ko‘rinmas qo‘shnilar: ko‘rshapalaklar dunyosi” mavzusidagi ma’ruzasi, 8+;
  • 16:00 — DJ ITNI bilan didjeylik mahorat darsi, 8+;
  • 17:00 — o‘smirlar uchun mediasavodxonlik bo‘yicha mahorat darsi, 12+;
  • 18:00 — fransuz animatsiyasi kechasi, 6+.

Xorijiy ekspertlar ishtirokidagi ma’ruzalar va uchrashuvlar o‘zbek hamda rus tillariga tarjima bilan o‘tkaziladi. Joylar soni cheklangan, har bir mashg‘ulot uchun ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.

Kirish bepul.

Jadval

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling