"Betmen" va "Supermen": yangilangan DC kinoolamining loyihalari e'lon qilindi

E’lon qilingan sana· 170
"Betmen" va "Supermen": yangilangan DC kinoolamining loyihalari e'lon qilindi

31-yanvar kuni DC Studios`ning yangi boshqaruvchilari — Jeyms Gann va Piter Safran yangilangan DC kinoolamining 10 ta filmi va seriyallarini e’lon qilishdi. Quyida toʻliq roʻyxat bilan tanishishingiz mumkin:

Filmlar

  • «Supermen: Meros»: Gann hozirda film uchun ssenariy yozmoqda va loyihaga o’zi rejissyorlik qilishi mumkin. Film qahramonning kelib chiqish tarixi haqida bo’lmaydi, lekin asosiy e’tibor Klarkning super qahramon sifatidagi hayotini oddiy inson hayoti bilan muvozanatlash uchun bo’lgan kurashiga qaratiladi. Premyera 2025-yil 11-iyulga rejalashtirilgan;
  • «Avtoritetlar»: loyiha niyatlari yaxshi, ammo dunyoni qutqarish yo’lida haddan ortiq chegaradan o’tib ketishga majbur bo’lgan antiqahramonlarning yangi jamoasini tasvirlaydi;
  • «Jasur va dovyurak»: Betmen va Robin haqida yangi hikoya. Syujet Bryus Ueyn (Betmen) qotillikka o‘rgatilgan o‘smir Demien uning o‘g‘li ekanligini bilib olganidan keyin sodir bo‘ladi. Bryus Damienni shogird qilib olishga va uni munosib merosxo’r qilishga majbur bo’ladi. Kinotasmada ko‘rshapalaklar oilasining boshqa a’zolari ham ko’rinish beradi. Robert Pattinson va Ben Afflek bu filmda ishtirok etishmaydi;
  • «Supergirl: Kelajak ayoli»: Supermenning amakivachchasi haqidagi loyiha. Filmda uning yanada ayovsiz versiyasini va’da qilishmoqda, chunki qahramon Kriptonda o’sgan va hayotining dastlabki 14 yilida atrofidagilarning dahshatli o’limlarini ko’rishiga to’g’ri kelgan;
  • «Botqoq maxluqoti»: Ehtimol, ushbu loyiha DC filmlari orasida horror (qo'rinchli film uslubi) obyektivi orqali qahramonlarni o’rganish mumkin bo’lgan «eng qora» film bo’lsa kerak.

Seriallar

  • «Dahshatli otryad»: HBO Max`ga tegishli animatsion serial. U Ikkinchi Jahon urushi paytida yovuzlikka qarshi kurashayotgan g’ayritabiiy harbiylarning xayoliy jamoasi haqida hikoya qiladi. Film qahramonlariga ovoz bergan aktyorlar ham toʻliq metrajli versiyada oʻz rollarini takrorlashadi, ammo bu ancha keyinroq sodir boʻladi;
  • «Uoller»: Loyiha Amanda Uollerga bag’ishlanadi. Gann o’z e’tiborini yangi «Supermen"ga qaratgan holda, «Tinchlik o’rnatuvchi» serialining ikkinchi mavsumiga kelganda tanaffus qilishiga to’g’ri keladi, biroq uning jamoasining hikoyasi «Uoller"da davom etadi;
  • «Fonarlar»: Gann va Safranning «Haqiqiy detektiv» seriali ruhidagi eng ulug’vor loyihasi. Ko’rgazmada «Yashil fonarlar» korpusining eng mashhur ikki a’zosi haqida so’z boradi: Hel Jordan (ilgari Rayan Reynolds o’ynagan) va Jon Styuart;
  • «Yo‘qotilgan jannat»: «Taxtlar o‘yini» filmidan ilhomlangan ushbu serialda voqealar malika Diananing (Mo‘jizakor ayol) tug‘ilishidan oldin u dunyoga kelgan orolda bo‘lib o‘tadi;
  • «Oltin Tezlashtirgich»: komediya janridagi loyiha. Asosiy qahramon kelajakdan kelgan omadsiz odam bo’lib, u Metropolis kosmik muzeyida namoyish etilgan vaqt mashinasidan foydalanib, bugungi kunga sayohat qiladi va o’zini super qahramon sifatida tanishtiradi.

Ustida ishlanayotgan boshqa loyihalar:

  • «Betmen: 2-qism». Premyera: 2025-yil 3-oktyabr;
  • «Joker: Ikki kishilik ahmoqlik». Premyera: 2024-yil 4-oktyabr;
  • Qora supermen haqida film.
Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ