"Garri Potter" seriali va "Katta portlash nazariyasi" spin-offi: Warner Bros. Discovery matbuot anjumanidagi barcha e'lonlar haqida

E’lon qilingan sana· 1 196
"Garri Potter" seriali va "Katta portlash nazariyasi" spin-offi: Warner Bros. Discovery matbuot anjumanidagi barcha e'lonlar haqida

Warner Bros. Discovery ajoyib yangiliklarni taqdim etdi. Kino sanoati giganti 12-aprel oqshomida boʻlib oʻtgan yirik matbuot tadbirida HBO striming xizmatining yangi nomini eʼlon qildi. Endi striming xizmati shunchaki MAX deb nomlanadi, ammo qizig’i bu emas. Kompaniya, shuningdek, ularning yangi xizmatida tomosha qilishingiz mumkin bo’lgan bir nechta shoularni e’lon qildi. Yangi loyihalar ko’p, shuning uchun biz hammasini ma’lum tafsilotlari bilan birgalikda bir joyga to’pladik.

“Garri Potter” seriali

Yo’q, siz tush ko’rmayapsiz, bu haqiqatan ham sodir bo’lmoqda! “Garri Potter” teleserial sifatida qayta yo’lga qo’yilmoqda. Press-relizda shunday deyiladi: “Serial muallif va ijrochi prodyuser J.K.Roulingning Garri Potter haqidagi kitoblar seriyasining aniq adaptatsiyasi bo‘ladi. Bu ushbu franshizani mashhur qilgan epik syujet, sevgi va g’amxo’rlik bilan mujassam ko’p mavsumli loyiha bo’ladi”. Serialda yangi aktyorlar bo’ladi va Warner Bros. Discovery`ning va’da berishicha, “har bir mavsum Rouling kitoblaridagi voqealarga mos keladi”. Bir mavsum seriyaning bitta kitobiga teng bo’ladi.

Garchi Bloomberg bu e’lonni oldinroq “sizdirgan” bo’lsa-da, bizda hali ham savollar bor. “Garri Potter” haqidagi filmlar franshizasi hali sovib ulgurgani yo‘q va bu filmlar Yangi yil arafasida muxlislar tomonidan qayta ko‘rib chiqilmoqda. Xo’sh, nega bunchalik tez oraliqda remeyk qilishmoqchi? Hammasi oddiy — bu pul bilan bog’liq. Franshizani “sog'ish” kerak.

Oxirgi “Fantastik mavjudotlar” muvaffaqiyatsizlikka uchradi, shuning uchun ularning hikoyasini davom ettirishdan foyda yo’q. “La'natlangan bola” kitobi shunchalik “la'natlanganki”, undan alohida film suratga olishdan ham ma’no yo’q. Va shubhasiz, Potteriananing so’nggi mavsumi aynan shu kitobga bag’ishlanadi. Ammo barcha noroziliklarga qaramay, Rouling kitoblarining “aniq” adaptatsiyasiga nazar tashlash qiziqarli bo’ladi.


Kichik Robert Dauni ishtirokidagi “Сочувствующий” nomli mini-serial

Yana bir qiziq loyiha. Serialga afsonaviy “Oldboy” filmini suratga olgan Park Chan Vuk rejissyorlik qilmoqda. Serialdagi asosiy rolni, siz allaqachon tushunganingizdek, kichik Robert Dauni o’ynaydi. Shuningdek, u loyihaning ijrochi prodyuseri ham hisoblanadi.

Syujet Vyet Txan Nguyenni Pulitser mukofoti sovrindoriga aylantirgan shu nomli romaniga asoslangan. “Сочувствующий” — yarim fransuz, yarim vyetnamlik kommunistik ayg‘oqchining Vyetnam urushining so‘nggi kunlaridagi kurashlari va undan keyingi AQShdagi surgunlik haqidagi trilleri va madaniyatlararo satira bo’ladi.


“Заклятие” horrori bo’yicha serial

HBO telekanali New Line Cinema olamiga asoslangan “The Conjuring” teleserialini ishlab chiqmoqda. Serial badiiy filmlarda yaratilgan hikoyani davom ettiradi. Piter Safran serialning bosh prodyuseri bo‘ladi. Franshizada bir nechta filmlarga prodyuserlik va rejissyorlik qilgan Jeyms Van ijrochi prodyuser sifatida ham ishlash uchun muzokaralar olib bormoqda.


“Katta portlash nazariyasi” serialining spin-offi

“Katta portlash nazariyasi” olami ham kengaymoqda. Qo’shimcha tafsilotlar oshkor etilmadi, ammo manbalar loyihaning rivojlanish jarayonining juda erta bosqichida ekanligini ko’rsatmoqda va u qaysi personaj (lar)ga bag’ishlanishi hali ochiqlanmagan. Biroq, asl “nazariyaning” ijrochi prodyuseri Chak Lorri serialni yaratishda ishtirok etayotgani aniq.


“Межевой рыцарь” — “Taxrlar o’yini” prikveli

“Ajdaho uyi"ning ikkinchi faslini suratga olish boshlanganidan tashqari, “Межевого рыцаря” anonsi ham bo’lib o’tdi. “Taxtlar oʻyini” prikveli Jorj Martinning Dunk va Egg haqidagi hikoyalariga moslashtirilgan. Ular “Muz va olov qo’shig’i” romanlari bilan bir xil fantastik dunyoda, lekin asosiy serial voqealaridan deyarli bir asr oldin sodir bo’ladi. Barcha hikoyalar qahramonlari — ritsar, adashgan Dunk va shahzoda Aegon Targariyen (Egg) bo’lishadi.


“Pingvin” seriali

Mett Rivzning “Betmen” filmida Kolin Farrel o’ynagan ajoyib Osvald Koblpotni, ya’ni “Pingvin"ni eslaysizmi? Demak, uning qahramoni alohida serialga ega bo’ldi! Voqealar filmdagi voqealardan bir hafta o‘tib boshlanadi. Shou Osvald Koblpotning Gothem yer osti dunyosidan hokimiyat tepasiga ko’tarilishi haqida hikoya qiladi. Premyera 2024-yilda bo’lishi kutilmoqda.


“Haqiqiy detektiv” serialining 4-mavsumi

Shuningdek, “Haqiqiy detektiv” serialining “Tungi mamlakat” nomli ostidagi rasmiy tizeri e’lon qilindi. Rasmiy sinopsis: Alyaskaning Ennis shahrida uzoq davom etadigan qish kechasi boshlanadi, “Salal” Arktika tadqiqot stansiyasini boshqargan sakkiz kishi izsiz g’oyib bo’ladi. Gap nimada ekanligini aniqlash uchun detektivlar Liz Denvers (Judi Foster) va Evanjelin Navarro (Kali Reys) o’z ichidagi qo’rquvga qarshi turishlari va abadiy muz ostida ko’milgan sharpali haqiqatlar tubiga tushishlari kerak bo’ladi. Premyera shu yil bo’lib o’tadi.


“U” filmining"Derriga xush kelibsiz" nomli serial-prikveli

“U"ning prikveli suratga olinishi uzoq vaqtdan beri ma’lum edi, ammo bu butun bir serial ko’rinishida bo’lishini biz endi bildik. Serial 2024-yilda chiqadi. HBO, shuningdek, Teylor Peyj, Jovan Adepo, Jeyms Remar va Kris Chalkdan iborat aktyorlar tarkibini tasdiqladi. Va masxaraboz Pennyvayz rolini ijro etgan Bill Skarsgad, afsuski, loyihaga taklif etilmagan.

Loyiha voqealar 1960-yillarda “U” voqeasining dilogiyasidan oldin sodir bo’ladi. Syujet “U"ning kelib chiqishi tarixini o’z ichiga oladi, u har 27 yilda Derri shahri bolalarini ovlash uchun uyg’onadigan kuchli qadimiy mavjudot ekanligi tasvirlanadi. “U” va “U 2” filmi rejissyori Endi Musketti yana rejissyorlik kursisiga qaytadi, lekin u faqat birinchi seriyaga rejissyorlik qiladi.


“Rejim” mini-seriali

Shuningdek, Keyt Uinslet ishtirokidagi “Rejim” nomli mini-serial rasmiy tizeri ham chiqdi. Serialda parchalana boshlagan zamonaviy Yevropa rejimi saroyi devorlari ichida o‘tkazilgan bir yil haqida hikoya qilinadi.


“Rik va Morti: Anime”

Adult Swim va WB “Rik va Morti” animesini e’lon qildi. Katta ehtimol bilan, bu taxminan bir soat davom etadigan “maxsus” epizod bo’ladi. Animatsion spin-off 2023-yilda chiqishi rejalashtirilgan.

Jastin Royland iste’foga chiqqanidan keyin xuddi shu nomdagi duetga ovoz berish vazifasini kim o’z zimmasiga olishi hozircha e’lon qilinmadi. U shu yil boshida zo’ravonlikda ayblangan va biz Depp va Herd ishi orqali guvohi bo’lganimizdek, G’arbda sizning bitta ham loyihasiz qolib, chetga olinishingiz uchun kimningdir sizni ayblashini o’zi kifoya. Ammo mart oyida sud Roylandni aniq dalillar yo’qligi sababli oqladi, shuning uchun uning ovozini original dublyajda yana eshitishimizga kichik bo’lsa ham umid bor.

Roman Knishev
Muallif
Roman Knishev