“Barbenhaymer”: o‘zbekistonliklar qaysi biriga ko‘proq qiziqish bildirdi?

E’lon qilingan sana· 1 287
“Barbenhaymer”: o‘zbekistonliklar qaysi biriga ko‘proq qiziqish bildirdi?

Bundan roppa-rosa bir oy oldin, 21-iyul kuni Kristofer Nolanning “Oppenhaymer” va Greta Gervigning “Barbi” filmlari namoyish etildi. Ular dunyo bo‘ylab katta rezonansga sabab bo‘ldi. Xususan, O‘zbekistonda ham ikki kinoga katta qiziqish bildirildi. Ammo bu borada statistika nima deydi? O‘zbekistonliklar uchun bir sanada katta ekranlarga chiqarilgan ikki kinodan qaysi biri qiziqroq bo‘ldi? Afisha.uz Google Trends ma’lumotlariga asoslanib, kichik o‘rganish o‘tkazdi.

Umumiy olganda, premyera kunidan boshlab O‘zbekistonda “Barbi"ga qiziqish “Oppenhaymer"dan ko‘ra 2−3 barobarga yuqori bo‘lgan va Greta Gervigning bu filmi bir oy o‘tib ham muhlislarni Nolan filmidan ko‘proq qiziqtirib kelmoqda. Quyidagi suratda olovrangda “Barbi”, ko‘k rangda esa “Oppenhaymer” qidiruvi statistikasi keltirilgan. Qiziq tarafi shundaki, so‘nggi kunlarda “Oppenhaymer"ga qiziqish tushib borayotgan bo‘lsa, “Barbi"ning qidiruvlari buning aksini ko‘rsatadi.

Skrinshot: Google Trends

Viloyatlar kesimida

Viloyatlar bo‘yicha ham Greta Gervigning filmiga qiziqish yaqqol ustun. 21-avgust sanasiga ko‘ra, Jizzax viloyatida 32 foiz qidiruvchi “Oppenhaymer"ni, 68 foiz qidiruvchi esa “Barbi"ni qidirgan. Bu — Nolan filmiga qiziqish eng yuqori bo‘lgan viloyat. Undan keyingi o‘rinda 29 (“Oppenhaymer”) va 71 (Barbi) foiz bilan Farg‘ona viloyati turibdi. Vodiyning yana bir viloyati — Namanganda esa bu ko‘rsatkich tegishli tarzda 28 va 72 foizni tashkil qilgan.

  • Sirdaryo — 26 (“Oppenhaymer”)-74 (“Barbi”) foiz;
  • Buxoro — 25−75 foiz;
  • Qoraqalpog‘iston — 22−78 foiz;
  • Toshkent shahri — 21−79 foiz;
  • Andijon — 19−81 foiz;
  • Qashqadaryo — 17−83 foiz;
  • Samarqand — 16−84 foiz;
  • Navoiy — 14−86 foiz;
  • Surxondaryo 13−87 foiz;
  • Xorazm — 10−90 foiz.

Statistika qanday hisoblanadi?

Google Trends Google qidiruv tizimida qidirilgan kalit so‘zlardan doimiy statistika tuzib boradi. Saytda ikki kalit so‘zni bir-biriga solishtirish funksiyasi ham mavjud. Foizlar ikki so‘z bo‘yicha qidirganlarning umumiy sonidan kelib chiqadi.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ