Toshkent xalqaro kinofestivali bo‘lib o‘tadigan sanalar e’lon qilindi

E’lon qilingan sana· 593
Toshkent xalqaro kinofestivali bo‘lib o‘tadigan sanalar e’lon qilindi

Rennesans kino uyida 25-avgust kuni “Ipak yo‘li durdonasi” XV Toshkent xalqaro kinofestivaliga bag’ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda festivalga tayyorgarlik masalasi muhokama qilindi. Bu haqda Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi axborot xizmati xabar berdi.

Yig‘ilishda bu yilgi kinofestival 29-sentyabr—2-oktyabr kunlari bo‘lib o‘tishi e’lon qilindi.

Bu yilgi kinofestival doirasida “Xorij kino kunlari”, talabalar uchun “Kino 5 kunda” kinoloyihalari pitching taqdimotlari, shou konsertlar, eksklyuziv kino dasturlar, mahorat darslari, davra suhbatlari, fleshmob va kutilmagan tomoshalar bo‘lib o‘tishi rejalashtirilmoqda.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ